Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

23.08.2026, 14:59610

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at, ommaviy axborot vositalari, davlat xizmati, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Ishmatbekov Hamid Bahramovich va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi Mansurov Azizjon Dadajanovich (Shayx Abdulaziz Mansur) «Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Ismailova Jannat Hamidovna ko‘p yillik samarali mehnati va soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar orasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati va jamoasi vakillari ham bor.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxoliqov Firdavs Fridunovich mamlakatimizda islom sivilizatsiyasi tarixi va ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib etish, Markaz faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda madaniy-ma’rifiy sohadagi fidokorona mehnati uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Markaz ilmiy kotibi Jabborov Rustamjon Madiyevich esa samarali mehnati va Markaz faoliyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Davlat mukofotlari yurtimiz taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan insonlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va e’tirofning amaliy ifodasidir.

Markaz jamoasi yuksak davlat mukofotlariga munosib ko‘rilgan barcha fidoyi yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi va ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


ordenfarmon

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14841
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7994
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar