

Yangiliklar
The Jordan Times :“Islom sivilizatsiyasi: Yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi 24–29 avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Iordaniyaning «Jordan Times» nashri Toshkentda 24–28 avgust kunlari o‘tkaziladigan «Islom sivilizatsiyasi: Yangi nigoh, yangi kashfiyotlar» mavzusidagi Xalqaro mediaforum haqida xabar berdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, nufuzli anjumanda xalqaro OAV vakillari, media sohasi mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etib, hujjatli filmlar, tarixiy xotira, zamonaviy texnologiyalar, nashriyot va xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Forum doirasida, shuningdek, O‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media industriyasi vakillari ishtirokida mahorat darslari, xalqaro jurnalistlar uchun maxsus media-turlar hamda Samarqand shahriga tashriflar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
AMMON — 24–28 avgust kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida «Islom sivilizatsiyasi: Yangi nigoh, yangi kashfiyotlar» mavzusida Xalqaro mediaforum bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonning Ammandagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi. Unda xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari, dunyo miqyosidagi ekspertlar hamda media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.
Forum dasturidan rasmiy ochilish marosimi, yalpi majlislar, tematik media ko‘rgazmalari, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Sessiyalarda hujjatli filmlar ishlab chiqarish va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media industriyasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xalqaro axborot makonida samarali faoliyat yuritish bo‘yicha tajriba almashadilar.
27-avgust kuni forum ishtirokchilari Samarqand shahriga yo‘l oladilar. Dastur doirasida mehmonlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, shaharning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishadilar. Shuningdek, xalqaro OAV vakillari uchun Toshkent shahrida maxsus media-tur tashkil etilishi rejalashtirilgan.
28-avgust kuni forum yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan o‘z nihoyasiga yetadi. Xalqaro mehmonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadilar.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.