Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

O‘zbekistonning 20 ta oliy taʼlim muassasasi Xalqaro mediaforum maydonlariga aylanadi

«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumining universitetlar dasturi O‘zbekistondagi 20 ta oliy taʼlim muassasasini qamrab oladi.

24–27 avgust kunlari Toshkent va Samarqanddagi oliy taʼlim muassasalarida 34 ta ijodiy uchrashuv, mahorat darsi va taqdimot o‘tkaziladi. Dasturning asosiy qismi poytaxtda tashkil etiladi va unda Toshkentdagi 19 ta universitet ishtirok etadi. Yana bir maydon Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘ladi.

Universitetlar dasturida kamida 10 ta mamlakat OAV vakillari ishtirok etadi. Uchrashuvlar mavzusi zamonaviy jurnalistika va xalqaro media, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, hujjatli kino, noshirlik faoliyati, madaniy diplomatiya, tarixiy meros hamda turizm yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Dastur, eng avvalo, xorijiy ekspertlarning talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bevosita muloqotini taʼminlashga qaratilgan. Ushbu format bir vaqtning o‘zida o‘nlab universitet maydonlarini qamrab olish va mediaforumning professional dasturini uning asosiy tadbirlaridan tashqarida ham kengaytirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida o‘tkaziladigan Xalqaro mediaforumning markaziy maydoni esa O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi.

Forumda qariyb 50 mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar, xalqaro nashrlar va raqamli platformalar rahbarlari, shuningdek, ekspert va ijodiy soha vakillari ishtirok etadi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.