Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

Amir Temur, Ulug‘bek va Ibn Sino sharq miniatyuralarida: Xalqaro mediaforumda O‘zbekistonning buyuk shaxslari haqidagi kitob taqdim etiladi

«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumida «O‘zbekiston tarixidagi buyuk shaxslar sharq miniatyuralarida» nomli kitob-alьbom taqdim etiladi.

Taqdimotni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, WOSCU boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov hamda Turkiyaning Mega Basim nashriyoti boshqaruvi raisi Hasanbey Kondu o‘tkazadi.

Kitobdan XIII–XVIII asrlarga oid qariyb 300 ta rangli miniatyura o‘rin olgan bo‘lib, ularda hukmdorlar, olimlar, shoirlar, mutafakkirlar va musavvirlar tasvirlangan. Ular orasida Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Sulton Sanjar va Aleksandr Makedonskiy kabi tarixiy shaxslar bor.

Albomda 80 nafardan ortiq hukmdor, shahzoda va malikalar, shuningdek, 20 nafardan ziyod shoir, olim, mutafakkir va musavvirlar tasviri jamlangan. Ular Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar, Boburiylar, Shayboniylar va Ashtarxoniylar tarixi bilan bog‘liq.

Nashr uchun materiallar qariyb ikki yil davomida to‘plangan. Miniatyuralar turli mamlakatlardagi muzey va kutubxona fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalardan olingan. Ular orasida Nьyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi, Vashingtondagi Frir galereyasi, Britaniya kutubxonasi, To‘pqopi saroyi, Fransiya Milliy kutubxonasi va Og‘a Xon kolleksiyasi mavjud.
Foydalanilgan qo‘lyozma manbalar orasida «Me’rojnoma», «Boburnoma», «Temur tuzuklari» va boshqa asarlar bor.

Firdavs Abduxoliqovning ushbu mualliflik loyihasi ilk bor 2023-yilda Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro kongressda taqdim etilgan. Kitob uning sharq miniatyuralaridagi tarixiy portretlarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari natijasi bo‘ldi. Nashr o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan.

2024-yilda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Mega Basim nashriyoti mazkur kitob-alьbomni Turkiyada nashr etish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Turk nashriyoti bundan avval ham O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlangan yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan.

Xalqaro mediaforum 2026 yil 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Forumning markaziy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda qariyb 50 mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etadi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.