Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

O‘zbekistonda yosh jurnalistlar uchun ta’lim platformasi yaratiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yosh jurnalistlar uchun mediaplatforma yaratish bo‘yicha HAMKORLIK KELISHUVINI imzolaydi.

Hujjat bugun 24 avgust kuni «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» xalqaro mediaforumi doirasida imzolanadi. Yangi mediaplatforma O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishga yo‘naltiriladi.

Forum dasturidan, shuningdek, hujjatli kino, televideniye, zamonaviy media va raqamli texnologiyalar sohasining taniqli mutaxassislari ishtirokida qator ijodiy uchrashuvlar ham o‘rin olgan. Ular Toshkent va Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja forumda «Tarixni yoshlar uchun qanday qiziqarli qilish mumkin? Islom sivilizatsiyasini vizual tarzda taqdim etishning kelajak avlodlar uchun afzalliklari» mavzusidagi loyiha taqdimoti bilan ishtirok etadi.

Forumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda qariyb 50 davlatdan media va ekspertlar hamjamiyatining 300 nafar vakili — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etadi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.