

Yangiliklar
Arab dunyosi OAV vakillari O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi merosini muhokama qiladi
Arab mamlakatlarining yirik axborot agentliklari, telekanallari va media tuzilmalari vakillari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» xalqaro mediaforumida ishtirok etadi.
Ishtirokchilar orasida Tunisning TAP axborot agentligi bosh direktori Najeh Missaui hamda Yamanning Saba axborot agentligining yangiliklar bo‘yicha bosh direktori Muhammad Fuad Ahmad Yusuf bor. Ular «Meros sadolari: islom sivilizatsiyasi jahon media makonida qanday aks-sado bermoqda?» mavzusidagi xalqaro muhokamada ishtirok etadi.
Misr nomidan ushbu muloqot maydonida Afro-Osiyo media ittifoqi vitse-prezidenti Refaat Abdelь Sami qatnashadi. Ishtirokchilar zamonaviy ommaviy axborot vositalari orqali islom sivilizatsiyasining tarixiy, ilmiy va madaniy merosini jahon auditoriyasiga qanday samarali yetkazish mumkinligi xususida fikr almashadi.
Dasturning alohida qismi OAVning stereotiplar va islomofobiyani bartaraf etishdagi roliga bag‘ishlanadi. Muhokamada Oman Observer nashri bosh muharriri Al-Shidi Osim bin Salim bin Xamis hamda Iroqning «Al-Iroqiya» davlat axborot telekanali departamenti direktori Diyo Husayn Hoshim ishtirok etadi.
Saudiya Arabistonidan Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Axborot agentliklari ittifoqining protokol va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Saud Abdul-Badiy qatnashadi.
Arab OAV vakillari boshqa mintaqalardan kelgan hamkasblari bilan birgalikda madaniy merosni ommalashtirishning yangi formatlari, xalqaro auditoriya bilan ishlash usullari, shuningdek, televideniye, axborot agentliklari va raqamli platformalar imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Xalqaro mediaforum 2026 yil 24–29 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Forumning markaziy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda qariyb 50 mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etadi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.