

Yangiliklar
«Buyuk tarixiy shaxslar»: mediaforumda islom merosini ommalashtirishning yangi formatlari taqdim etiladi
«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumining ikkinchi yalpi sessiyasi «Buyuk tarixiy shaxslar: islom merosini ommalashtirishning yangi mediaformatlari» mavzusida bo‘lib o‘tdi. Uning dasturidan hujjatli kino, raqamli loyihalar, kitoblar, xalqaro noshirlik tashabbuslari va tarixni jahon auditoriyasiga taqdim etishning yangi formatlari o‘rin olgan.
Sessiyada VIKO telekompaniyasi bosh prodyuseri Viktorina Petrosyan va TRT Avaz rahbari Yujel Kilichkayaning forum ishtirokchilariga video murojaatlari namoyish etildi.
Forum sessiyasida raqamli formatlarga ham alohida e’tibor qaratildi. NeoVex vakillari Almos Faxriddinov va Sirojiddin Ubaydullayev «Raqamli avatar: islom sivilizatsiyasi qahramonlari yangi avlod bilan muloqotda» hamda «O‘zbekiston 360°: jonli meros platformasi» loyihalarini taqdim etdi.
Mega Basim nashriyoti boshqaruvi raisi Hasanbey Kondu Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston tarixidagi buyuk shaxslar Sharq miniatyuralarida» kitob-albomini taqdim etdi.
«Rossiya» Milliy markazi bosh direktorining o‘rinbosari Anastasiya Zvyagina esa «Meros orqali — muloqot sari: “Rossiya” Milliy markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligi» mavzusida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja vizual formatlar yordamida tarixni yoshlar uchun qiziqarli qilishga bag‘ishlangan loyihani ishtirokchilarga namoyish etdi. Italiyalik tadqiqotchi Mario Taddei Sharq ilmiy tafakkurining Leonardo da Vinchi kashfiyotlariga ta’siri haqida so‘z yuritdi. Kulturalis nashriyoti prezidenti Sharlotta Kramer esa «Klavixo buyuk Amir Temur Samarqandini qanday ko‘rgan?» loyihasi bilan qatnashdi.
Dasturdan, shuningdek, tadqiqotchi Aleksey Arapovning «Temuriylar Renessansi: temurshunoslik ilmiy-tadqiqot ekomuhitini yaratish» loyihasi ham o‘rin olgan.
Xalqaro media blokini TRT World davom ettiradi. Telekanal TRT World telekanalining Nextech dasturi boshlovchisi Alijan Ayanlar Forum ishtirokchilariga video tabrik yo‘lladi va bu tashabbus uchun minnatdorlik bildirdi. Telekanalning rejalashtirish departamenti rahbari Umesh Vohra «Islom sivilizatsiyasi markazi TRT World obyektivida: raqamli meros» loyihasini va telekanal filьmining maxsus parchasini taqdim etdi.
“Qozog‘iston” telekanali boshqaruvi raisi o‘rinbosari Erkin Muhammedjanov esa «Bizni birlashtiruvchi naqshlar» hujjatli filьmi loyihasini tanishtirdi.
Sessiya «Islom sivilizatsiyasining buyuk shaxslari yangi talqinda: XXI asr auditoriyasini qanday qiziqtirish mumkin?» mavzusidagi ochiq xalqaro munozara bilan yakunlandi. Unda Quvayt, Ozarbayjon, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston OAVlari vakillari, jumladan The Times Kuwait, Report.az, The Diplomatic Insight, «Avesta», O‘zA va Kun.uz ishtirok etadi.
Forumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda qariyb 50 davlatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar va kreativ industriyalar mutaxassislari ishtirok etadi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.