Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

CNN vakili: «Bu forum O‘zbekistonning haqiqiy sivilizatsion salohiyatini dunyoga ko‘rsatadi»

MAX_3510.JPG

Imron Ahmad, CNNning Markaziy Osiyo va Afrika bo‘yicha mintaqaviy vakili:

Ushbu Mediaforum O‘zbekistonda, xususan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilayotgani amalga oshirilayotgan ishlar haqida dunyo jamoatchiligiga ma’lumot yetkazish uchun juda muhim platformaga aylandi. 

U O‘zbekistonning boy merosi, tarixi va buyuk allomalari, shuningdek, mamlakatning zamonaviy dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida kengroq ma’lumot olish uchun katta imkoniyat yaratmoqda.

O‘zbekiston zaminida yaratilgan, ammo dunyo ahli hali to‘liq xabar topmagan ko‘plab buyuk kashfiyot va g‘oyalar mavjud. Masalan, Xorazmiyning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasini olsak, agar u bo‘lmaganida, algoritmlar ham bo‘lmas edi. Bugun biz mobilь telefonlar va kompьyuterlardan foydalanar ekanmiz, ularning asosidagi ko‘plab g‘oya va tushunchalar O‘zbekiston zaminida shakllanganini har doim ham anglayvermaymiz. Shuning uchun bunday forumlar ana shunday ma’lumotlarni xalqaro miqyosda keng auditoriyaga yetkazish uchun juda muhim. O‘zbekistonga bunday tadbirni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman. Forumda qatnashayotganimdan mamnunman.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini Prezident Shavkat Mirziyoyevning g‘oyalari va uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu tashabbusni janob Prezident 2017 yildayoq ilgari surgan va uni barpo etish uchun qariyb to‘qqiz yil vaqt ketdi.

Bugungi kunda ushbu Markaz O‘zbekistonning tarixi, merosi va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini butun dunyoga yetkazadigan muhim maskanga aylanmoqda. 

Menimcha, bo‘linib, qutblashib borayotgan bugungi dunyoga bunday tashabbuslar nihoyatda zarur. Chunki ular turli din va sivilizatsiya vakillarining bir-birini yaxshiroq tushunishiga, o‘zaro anglashuvga erishishiga va tinchlikni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Shu sababli, men bu markazning faoliyati va uning doirasida o‘tkazilayotgan bunday forumlarni juda muhim, deb hisoblayman. Ular dunyoga turli sivilizatsiyalarni, ayniqsa, O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini yanada yaxshiroq anglash imkonini beradi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.