

Yangiliklar
CNN vitse-prezidenti: Markaz O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini global auditoriyaga olib chiqmoqda
CNN International Commercial ijrochi vitse-prezidenti Fil Nelson O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini mamlakatning boy tarixi va madaniy merosini jahon auditoriyasiga olib chiquvchi muhim global platforma sifatida e’tirof etdi. Xalqaro mediaforum ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida u CNN’ning Markaz bilan hamkorligini yuqori baholab, bu sheriklik orqali O‘zbekiston haqidagi tarixlar telekanalning ulkan xalqaro auditoriyasiga yetkazilayotganini ta’kidladi.
U forum qatnashchilariga yo‘llagan murojaatida CNN Islom sivilizatsiyasi markazining mediahamkori ekanidan faxrlanishini bildirib, O‘zbekiston Prezidenti mualliflik loyihasi asosida bunyod etilgan Markazning barpo etilishi va uning mintaqa boy madaniyati hamda tarixini namoyon etishga qaratilgan ko‘p yillik loyihasini katta qiziqish bilan kuzatib kelayotganini qayd etdi.
Fil Nelson Markazga shaxsan tashrif buyurish, uning noyob osori-atiqalari bilan tanishish, shuningdek, bu yerda namoyon etilgan ilm-fan, adabiyot va me’morchilik sohalaridagi buyuk merosni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagini bildirdi.
«Hamkorligimiz tufayli biz birgalikda CNN’ning ulkan global auditoriyasiga O‘zbekiston haqida so‘zlab bermoqdamiz», — degan u o‘z videomurojaatida.
Uning ta’kidlashicha, CNN orqali O‘zbekiston va Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi materiallar xalqaro auditoriyaga yetkazilmoqda. Bu esa dunyo tomoshabinlarida Markazga tashrif buyurishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Fil Nelson, shuningdek, O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz xalqini samimiy muborakbod etdi va kelgusida Markazga shaxsan tashrif buyurish umidini bildirdi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.