Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

«Tarixiy merosdan Yangi Renessans sari»: mediaforumda islom sivilizatsiyasi g‘oyalarini ilgari surishda O‘zbekistonning o‘rni muhokama qilindi

«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumining to‘rtinchi yalpi sessiyasi «Tarixiy merosdan Yangi Renessans sari: islom sivilizatsiyasi g‘oyalarini ilgari surishda O‘zbekistonning o‘rni» mavzusida bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar markazida zamonaviy O‘zbekistonni xalqaro maydonda taqdim etish, ma’rifiy tashabbuslar, kitob loyihalari hamda jamiyat bilan muloqotda medianing o‘rni bo‘ladi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov «Media makonida tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat» mavzusida ma’ruza qildi.

Mueller & Schindler nashriyoti prezidenti Sharlotta Kramer «Yangi O‘zbekiston» va «Yangi O‘zbekiston dunyo nigohida: o‘zgarishlar davri» xalqaro noshirlik loyihalarini taqdim etadi. IRCICAning O‘zbekistondagi vakili Ashirbek Mo‘minov «Shavkat Mirziyoyev — ma’rifatparvar lider» kitobini taqdim qiladi. Ushbu blok doirasida IRCICA bosh direktori Mahmud Erol Qilichning videomurojaati ham namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi Rustam Jabborov maxsus kitob loyihalarini taqdim etadi. Shundan so‘ng «Davlat tashabbuslaridan jamoatchilik muloqotiga: zamonaviy auditoriyani ma’rifatga qanday jalb qilish mumkin?» mavzusida ochiq xalqaro munozara bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada Misr, BAA, Janubiy Koreya, Vengriya, Belarusь, Xitoy, Chernogoriya va O‘zbekiston OAV hamda media tuzilmalari vakillari ishtirok etadi. Qatnashchilar orasida Global News Media Group Dubai, The Korea Times, Daily News Hungary, Helló Magyar, «Belarusь 24» telekanali, Gazeta.uz, The Standard, Chernogoriya Radio va televideniyesi, shuningdek, O‘zbekiston milliy OAV va sohaviy tashkilotlari rahbarlari bor.

Forumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda deyarli 50 mamlakatdan media va ekspertlar hamjamiyatining 300 nafar vakili — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar va kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etdi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.