

Yangiliklar
Xalqaro mediaforum ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim davomida deyarli 50 mamlakatdan kelgan forum ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi.
Marosimda xalqaro media va ekspertlar hamjamiyatining 300 ga yaqin vakilini birlashtirgan forum yakunlari sarhisob qilindi. Islom sivilizatsiyasi markazida tarixiy-madaniy meros, zamonaviy mediaformatlar, hujjatli kino, noshirlik va raqamli loyihalar, shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yalpi sessiyalar, xalqaro munozaralar va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan bir vaqtda Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarida CNN, BBC Studios, TRT World, xalqaro axborot agentliklari, nashriyot uylari, kinematografchilar va mediaekspertlar ishtirokida mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi. Forum doirasida yangi qo‘shma loyihalar taqdim etildi, hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, memorandumlar va boshqa hujjatlar imzolandi.
Marosim davomida forumning yakuniy hujjatlari, shuningdek, Xalqaro mediaforum ishtirokchilarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga murojaati qabul qilindi. Murojaat matni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot kotibi O‘ktam Usmonov tomonidan o‘qib eshittirildi
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.