Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

Ikki kunda jahon mediasi ekspertlari Toshkentdagi 19 ta OTMda 33 ta master-klass o‘tkazdi

24-26 avgust kunlari «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» xalqaro mediaforumi doirasida Toshkentdagi 19 ta oliy ta’lim muassasasida 33 ta master-klass, ijodiy uchrashuv va taqdimot o‘tkazildi. Ularda dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari va media tuzilmalari vakillari — xorijlik jurnalistlar, media-menejerlar, kinematografistlar, noshirlar va soha ekspertlari talabalar bilan muloqot qildi.

Ta’lim dasturida CNN, BBC Studios, TRT World, Report.az, The London Post, Aju News Corporation, Musavat TV, «1001 Inventions» xalqaro loyihasi, Müller & Schindler nashriyoti, «Rossiya» Milliy markazi, DIVI telekompaniyasi, Tarih TV va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda raqamli jurnalistika, sun’iy intellekt, hujjatli kino, nashriyot sohasi, madaniy diplomatiya, turizm jurnalistikasi hamda tarixiy-madaniy merosni zamonaviy auditoriyaga taqdim etishning yangi usullari muhokama qilindi.

Dasturning birinchi kuni — 24 avgustda Toshkentdagi yettita oliy ta’lim muassasasida uchrashuvlar tashkil etildi. DIVI prodyuseri Vera Ilina «Yangi koinot. Islom sivilizatsiyasi markazi» hujjatli filьmi va «Qadimiy sivilizatsiyalar manbalari sari» treylerini taqdim qildi. Italiyalik tadqiqotchi Mario Taddei Leonardo da Vinchi qo‘lyozmalari va ixtirolari, arab ilm-fanining Yevropa ilmiy tafakkuriga ta’siri haqida so‘z yuritdi. Tarih TV bosh rejissyori Muhammet Agax Karlыaga esa buyuk allomalar haqidagi hujjatli filьmlar yaratish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Ayrim master-klasslar raqamli jurnalistika va global auditoriya bilan ishlash, madaniy turizm, kitob sanoati, madaniy diplomatiya hamda zamonaviy mediada sun’iy intellekt imkoniyatlariga bag‘ishlandi. The London Post asoschisi Raza Said, Aju News Corporation jurnalisti Li Jungvu, Müller & Schindler prezidenti Sharlotta Kramer, shuningdek, Ozarbayjon va Shvetsiya ommaviy axborot vositalari vakillari talabalar bilan muloqot qildi.

26-avgust kuni ta’lim dasturi bir vaqtning o‘zida bir nechta universitetlarda davom etdi. Xalqaro Nordic universitetida «1001 Inventions» jamoasi «1001 ixtiro» kitobini, ko‘chma ko‘rgazma loyihasini hamda Ben Kingsli ishtirokidagi «Ma’rifat sadosi» filmini taqdim qildi. Toshkent davlat yuridik universitetida «Sila sveta» kompaniyasi rahbari Aleksandr Us islom olamining axborot makonida sun’iy intellekt imkoniyatlari va u bilan bog‘liq yangi chaqiriqlar haqida so‘zladi.

«Yangi O‘zbekiston» universitetida CNNning mintaqaviy vakili Imran Ahmad «Global media makonida islom sivilizatsiyasi: tarix, meros va zamonaviy talqin» mavzusida uchrashuv o‘tkazib, Inside CNN loyihasini taqdim qildi. Diplomacy Journal muharriri Kim Te Yon umumiy madaniy merosni targ‘ib qilish vositasi sifatida kitob diplomatiyasi haqida fikr bildirdi. Selchuk universiteti professori Mustafa Demirji esa turkiy xalqlarning madaniy merosini targ‘ib qilishda medianing roliga to‘xtaldi.

Müller & Schindler vakillari kitob sanoatining raqamli davrdagi transformatsiyasiga bag‘ishlangan master-klass o‘tkazdi. BLUE PLANET TV PRODUCTION GMBH vakili Viland Sharf turizm jurnalistikasida televizion prodakshn masalalari haqida so‘z yuritdi. TRT World vakili Umesh Kumar Vohra «NexTech: Islom sivilizatsiyasi markazi» filьmini taqdim qildi.

Report.az direktori Fuad Guseynaliyev talabalar bilan zamonaviy axborot agentligi faoliyati, tahrir siyosati va jurnalistik materiallar tayyorlash masalalarini muhokama qildi. BBC Studios vakili Sergey Stanovkin esa jurnalistikaning global axborot makonidagi o‘rni va sivilizatsiyalar muloqotidagi ahamiyati haqida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ketlin Gyobel «Allohning 99 ismi» kitobini taqdim qildi, Raza Said esa raqamli jurnalistikadagi zamonaviy chaqiriqlar haqida so‘zladi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida HAUPTSTADTECHO bosh muharriri Folьker Neyef axborotni iste’mol qilishning yangi modellari va auditoriya bilan o‘zaro munosabatlar mavzusida ma’ruza qildi. «Rossiya» Milliy markazi bosh direktorining o‘rinbosari Anastasiya Zvyagina Markaz faoliyati hamda «Movarounnahr sivilizatsiyasi» hujjatli filmini taqdim etdi.

Ikki kunlik dastur talabalarga jurnalistika, televideniye, hujjatli kino, nashriyot va raqamli texnologiyalar sohasidagi xalqaro tajriba bilan bevosita tanishish, shuningdek, islom sivilizatsiyasi merosini zamonaviy auditoriyaga yetkazishning yangi yondashuvlarini muhokama qilish imkonini berdi.

Xalqaro mediaforum doirasidagi universitetlardagi ijodiy uchrashuvlar 27-avgust kuni Samarqandda davom etadi. «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida dasturning 34-tadbiri o‘tkaziladi. Shu bilan universitetlar doirasidagi mediaforum dasturi Toshkent va Samarqanddagi jami 20 ta oliy ta’lim muassasasini qamrab oladi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.