Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

XIII asrda bolalar huquqi qanday himoyalangan?

03.09.2026, 11:58730
XIII asrda bolalar huquqi qanday himoyalangan?

Avgust oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida tashkil etilgan Mediaforum doirasida tarix fanlari doktori Muslim Atayev tomonidan XIII asrda Movarounnahrda yaratilgan bolalar huquqiga oid noyob huquqiy-fiqhiy manba — Majduddin Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning «Jomi’ ahkom as-sig‘or» asari haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Tarixiy Movarounnahr nafaqat ilm-fan va madaniyat, balki huquqshunoslik sohasida ham ulkan ilmiy meros qoldirgan zamin hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, XIII asrda Ustrushanada (hozirgi Jizzax hududi) yashab ijod qilgan buyuk faqih Majduddin Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning ilmiy merosi alohida ahamiyatga ega. Uning 625/1228 yil 28-iyulda yozib tugatilgan «Jomi’ ahkom as-sig‘or» asari bolalar huquqiga bag‘ishlangan noyob huquqiy-fiqhiy manba sifatida e’tirof etiladi.

Asarda:
➖bolalarga oid 1280 ta fatvo 45 ta masala doirasida tizimlashtirilgan;
➖bola huquqlari birinchi bor keng qamrovda huquqiy jihatdan tasniflangan;
➖bolalar yoshi ona qornidagi holat, go‘daklik, balog‘at va o‘smirlik davrlariga ajratilgan;
➖bolalarning shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, fuqarolik, mulkiy, mehnat va meros huquqlari tahlil qilingan;
➖huquqiy masalalar bilan bir qatorda ijtimoiy-ma’naviy yechimlar, axloq-odob me’yorlari hamda milliy va diniy urf-odatlarning uyg‘unligi yoritilgan.

Qizig‘i shundaki, G‘arb dunyosida bola huquqlarining huquqiy jihatdan shakllanishi asosan XIX–XX asrlarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 1804-yilgi Fransiya Fuqarolik kodeksida 2281 ta moddadan atigi 5 tasi bolalar huquqlariga daxldor bo‘lgan. 1908-yilda AQShda yuvenal huquq tizimiga asos solingan bo‘lsa, 1924-yilda Millatlar Ligasi tomonidan Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasi qabul qilingan. 1959-yilda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi, 1989-yilda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilindi.

Demak, bola huquqlarini tizimli huquqiy jihatdan o‘rganish an’analari tarixiy Movarounnahrda, xususan, Ustrushanada XIII asrdayoq shakllangan. Ustrushaniy merosi milliy huquqiy tafakkurimiz tarixining bebaho qismi. Bugun ushbu ilmiy merosni o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish orqali biz nafaqat buyuk ajdodlarimizning huquqiy tafakkurini namoyon etamiz, balki O‘zbekiston zaminida bola huquqlariga bo‘lgan e’tiborning chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini ko‘rsatamiz.

Jenevadeklaratsiyahuquq

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar