Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Euronews rahbari Klaus Shtruns Islom sivilizatsiyasi markazining ma’rifiy ahamiyatini e’tirof etdi

03.09.2026, 14:46793
Euronews rahbari Klaus Shtruns Islom sivilizatsiyasi markazining ma’rifiy ahamiyatini e’tirof etdi

“Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishgan Euronews bosh ijrochi direktori va tahririyat direktori Klaus Shtruns uning ko‘lami, mazmunan yaxlit konsepsiyasi hamda tarixiy merosni zamonaviy muzey yechimlari orqali namoyon etish uslubiga yuqori baho berdi.

Klaus Shtrunsning ta’kidlashicha, Markaz bilan tanishuv dastlabki daqiqalardanoq unda kuchli taassurot uyg‘otgan. Ayniqsa, majmuaning salobati bilan bir qatorda, ekspozitsiyalarning tarixiy jarayonlarni o‘zaro bog‘liq holda ochib berishi va tashrifni mazmunli ma’rifiy tajribaga aylantirishi uning e’tiborini tortgan.

“Dastlabki taassurotim nihoyatda kuchli bo‘ldi. Markazning ko‘lami va salobati insonda o‘ziga xos hayrat hissini uyg‘otadi. Ikki soatlik tanishuvning o‘zi men uchun katta o‘rganish tajribasiga aylandi. Bu yerda ko‘rganlarimdan juda ilhomlandim va Markaz meni chin ma’noda hayratga soldi”, — dedi Klaus Shtruns.

Markazning ma’naviy va konseptual jihatdan alohida o‘rin tutuvchi Qur’oni Karim zalida VII asrga mansub Usmon Mus'hafi Klaus Shtrunsda ayniqsa katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birga, u Markazdagi barcha ekspozitsiyalar o‘zaro mazmuniy bog‘langani va ular birgalikda Islom sivilizatsiyasining turli tarixiy bosqichlarini yaxlit manzara sifatida ochib berishini alohida qayd etdi.

“Usmon Mus'hafi, albatta, eng ta’sirli yodgorliklardan biri. Bunday noyob manbani inson hayotida ehtimol bir marta ko‘rishi mumkin. Menda katta taassurot qoldirgan yana bir jihat — Markazdagi barcha qismlarning o‘zaro uyg‘unlashganidir. Ular birgalikda asrlar va davrlar bo‘ylab davom etadigan yaxlit sayohatni yaratadi va Islom haqida yanada ko‘proq bilim olish imkonini beradi”, — ta’kidladi u.

Klaus Shtruns Markazni barpo etish tashabbusiga ham alohida to‘xtalib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan bu g‘oya ortida katta tafakkur va kelajakni ko‘zlagan yondashuv mujassam ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday miqyosdagi loyihaning eng muhim jihatlaridan biri — uning nafaqat bugungi avlod, balki kelajak avlodlar uchun ham xizmat qilishga qaratilganidir.

“Bunday miqyosdagi ishni amalga oshirish uchun uning ortida katta tafakkur bo‘lishi kerak. Eng muhimi, bu faqat bugun yashayotgan insonlar uchun emas, balki kelajak avlodlar uchun ham yaratilgan. Menimcha, aynan shu jihat alohida ahamiyatga ega”, — dedi Euronews rahbari.

Klaus Shtruns Markazning xalqaro auditoriya uchun ma’rifiy ahamiyatiga ham alohida urg‘u berdi. Uning fikricha, Islom va uning sivilizatsion merosi haqidagi bilimlarni keng jamoatchilikka xolis va tushunarli shaklda yetkazish bugun ayniqsa dolzarb. Markaz esa tarixiy manbalar va boy madaniy meros orqali Islomni yanada teran anglash uchun keng imkoniyat yaratadi.

“Ayni paytda bu Markazni imkoni boricha keng auditoriyaga tanitish juda muhim. Chunki bu yerda insonlar Islomning mohiyatini ancha chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ladilar. Bizningdek telekanallar uchun esa bu yerdagi bilim va ma’lumotlarni G‘arbiy Yevropa auditoriyasiga yetkazish muayyan ma’noda professional vazifadir. U yerda bu mavzuga qiziqish katta, shu bilan birga, tushunmovchiliklar ham mavjud. Tushunmovchiliklarga qarshi eng samarali vosita — axborot. Biz aynan shu vazifani bajarishga harakat qilamiz”, — qayd etdi Klaus Shtruns.

Euronews rahbarining taassurotlari Islom sivilizatsiyasi markazining ahamiyati tarixiy yodgorliklarni saqlash va namoyish etish doirasidan ancha keng ekanini ko‘rsatadi. Noyob yozma meros, ko‘p asrlik ilmiy va madaniy tajriba hamda zamonaviy muzey texnologiyalarining yagona konseptual makonda uyg‘unlashuvi Markazni Islom sivilizatsiyasini xalqaro auditoriyaga teran, mazmunli va xolis tarzda taqdim etuvchi yirik ma’rifiy maydonga aylantiradi.

Euronewsxalqaro mediaforum

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar