Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida: "Har bir ekspozitsiya o‘z tilida so‘zlayapti"

04.09.2026, 15:08664
Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida: "Har bir ekspozitsiya o‘z tilida so‘zlayapti"

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Malik Otarbayev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va markazda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri Xayriddin Sultonov hamrohlik qildi.

Tashrif davomida mehmonlarga markazning konsepsiyasi, ekspozitsiya zallarida jamlangan tarixiy-madaniy meros namunalari, buyuk allomalar va mutafakkirlar ilmiy-ma’naviy merosi, shuningdek, islom sivilizatsiyasining yuksalishida Markaziy Osiyoning tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Malik Otarbayev markazda O‘zbekiston tarixi bilan bir qatorda, butun turkiy dunyo va Sharq sivilizatsiyasining boy tarixi, madaniyati va ma’naviy merosi keng qamrab olinganini ta’kidladi. Uning fikricha, ekspozitsiyalarning har bir detali katta mas’uliyat va yuksak did bilan ishlangani yaqqol namoyon bo‘ladi.

Qozog‘istonlik mehmon, shuningdek, markazda saqlanayotgan Usmon Mus'hafi uning xalqaro ahamiyatini yanada oshirishini qayd etdi. U markazning barpo etilishi va ekspozitsiyalarning yaratilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning alohida e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi sezilib turishini ta’kidlab, bu maskanni Prezidentning ma’naviy qarashlari va tashabbuslarining amaliy ifodasi sifatida baholadi.

“Albatta, Prezidentimiz Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ham ushbu markazga kelib, uning faoliyati bilan tanishgan. Biz ham bu markazdan juda katta taassurot oldik. Bu yerda nafaqat O‘zbekiston tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’ati, balki butun insoniyatga namuna bo‘ladigan turkiy dunyo tarixi va madaniyati, uning yaxlit tarixiy xaritasi keng namoyon etilgan. Ayniqsa, Sharq olamining durdonasi bo‘lgan, uchinchi xalifa Usmon ibn Affon o‘qigan Qur’oni karimning aynan shu markazda saqlanayotgani uning nufuzi va maqomini yanada yuksaltiradi. Biz markazdagi har bir ekspozitsiya katta mehr va mas’uliyat bilan tayyorlanganiga guvoh bo‘ldik. Har bir ekspozitsiya o‘z tilida so‘zlayapti, bu yerdagi har bir detal bejiz va tasodifan yaratilmagani yaqqol sezilib turibdi. Markazning barpo etilishida ham, har bir ekspozitsiyaning joylashuvida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita qo‘llab-quvvatlashi, ta’siri va shaxsiy yondashuvi bor. Shu ma’noda, ushbu markazni Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qo‘lyozmasi, uning qalbida asrab kelgan ma’naviy boyligining ifodasi, deb baholaymiz. Menimcha, nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari, balki butun dunyo hamjamiyati ushbu markaz bilan tanishishi kerak. O‘zbek xalqining bunday ulkan yutuqqa erishganidan biz doimo faxrlanamiz. Qozoq-o‘zbek qardoshligi va do‘stligi abadiy bo‘lsin, yanada mustahkamlanaversin», — dedi Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Malik Otarbayev.

Tashrif so‘ngida Malik Otarbayev Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Mehmonga Islom sivilizatsiyasi markazi nomidan buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning "Moniyni xijolatda qoldirgan Behzod" nomli noyob miniatyuralari jamlangan kitobi esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi.

Qozog‘iston

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar