Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

AQSh senatori Stiv Deyns Islom sivilizatsiyasi markazida: buyuk merosdan zamonaviy taraqqiyot sari

04.09.2026, 16:18765
AQSh senatori Stiv Deyns Islom sivilizatsiyasi markazida: buyuk merosdan zamonaviy taraqqiyot sari

AQSh Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi, senator Stiv Deyns boshchiligidagi delegatsiya Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida senator va delegatsiya a’zolari Markaz muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Mehmonlarga O‘zbekistonning boy tarixiy-sivilizatsion merosi, bu zamindan yetishib chiqqan buyuk allomalarning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, ushbu merosni zamonaviy texnologiyalar orqali keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan yechimlar namoyish etildi.

Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan buyuk allomalarning raqamli siymolari, shuningdek, Ikkinchi Renessans va O‘zbek xonliklari davri ekspozitsiyasidagi Amir Temurga bag‘ishlangan bo‘lim mehmonlar diqqatini tortdi. Unda Sohibqironning davlat arbobi, bunyodkor va ilm-ma’rifat homiysi sifatidagi faoliyati keng yoritilgan. Amir Temur davri bilan bog‘liq shaxmat eksponati esa senatorning alohida e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

Qur’oni Karim zalida esa VII asrga oid nodir Usmon Mus’hafi, shuningdek, turli tarixiy davrlarga mansub Qur’on qo‘lyozmalari namoyish etildi. Ushbu noyob manbalar islom sivilizatsiyasining ko‘p asrlik yozma va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgani bilan delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Markaz bilan tanishuvdan so‘ng senator Stiv Deyns tashrif haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan mazkur loyihaga yuksak baho berdi.

«Prezident Mirziyoyevni tabriklayman. Bu haqiqatan ham hayratlanarli muzey — dunyodagi eng yirik islom muzeyi. U O‘zbekistonning beqiyos tarixi va bu zaminda shakllangan sivilizatsion merosni juda ta’sirchan tarzda ochib beradi, ayni paytda kelajakning yorqin manzarasini ham namoyon etadi.

Menimcha, Markaz islom tarixi va sivilizatsiyasini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Bu yerda texnologiyalardan samarali foydalanilgan, ekspozitsiyalar interaktiv shaklda tashkil etilgan. Shu bois ular bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun birdek qiziqarli va tushunarli.

Bugun AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar har qachongidan ham mustahkam. Mamlakatlarimiz turli diniy va tarixiy an’analarga ega. Shu ma’noda, ushbu Markaz Amerika jamoatchiligiga O‘zbekistonni va o‘zbek xalqini yanada chuqurroq anglash, uning qadriyatlari, e’tiqodi va dunyoqarashi haqida kengroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Menda, ayniqsa, bu yerda namoyon etilgan ilm-fan yutuqlari — astronomiya, tabiatshunoslik va boshqa sohalardagi bilimlar katta taassurot qoldirdi. Biz ba’zan bugungi davrda o‘zimizni juda aqlli deb hisoblaymiz. Ammo bizdan oldin yashagan insonlarning intellektual salohiyati ham nihoyatda yuksak bo‘lgan. Bu yerdagi ilmiy meros va kashfiyotlar buni yana bir bor yaqqol namoyon etadi», — dedi senator Stiv Deyns.

Senatorning fikricha, Markazning ahamiyati tarixiy merosni namoyish etish bilangina cheklanmaydi. U turli xalqlar, madaniyatlar va an’analar o‘rtasida o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish, O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosini xalqaro jamoatchilikka kengroq tanitishga xizmat qiladigan muhim muloqot maydonidir.

Tashrif yakunida senator Stiv Deyns Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z taassurotlarini yozib qoldirdi. Shuningdek, unga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nomidan maxsus «Uchinchi Renessans» kitobi esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi. Nashrda O‘zbekistonning uch ming yillik tarixi, boy sivilizatsion merosi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti aks ettirilgan.

AQSHSenat

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar