Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot yo‘lini ham ko‘rish mumkin» — Yan Sanders Islom sivilizatsiyasi markazida

07.09.2026, 10:07927
«O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot yo‘lini ham ko‘rish mumkin» — Yan Sanders Islom sivilizatsiyasi markazida

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat Markaziy Osiyoning boy tarixi va islom sivilizatsiyasidagi yuksak ilmiy-ma’rifiy merosini, balki O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot yo‘lini ham namoyon etmoqda.

Jahon Bojxona Tashkiloti Bosh kotibi Yan Sanders boshchiligidagi delegatsiya Markazga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Mehmonlarda tarixiy merosning zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgani, xususan, buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning raqamlashtirilgan obrazi bilan «suhbatlashish» imkoniyati katta qiziqish uyg‘otdi.

Aynan shu uyg‘unlik Yan Sandersning Markaz haqidagi taassurotlarida ham alohida o‘rin egalladi. Jahon Bojxona Tashkiloti Bosh kotibi Markazni «haqiqatan ham noyob majmua» deb atab, shunday dedi:

«Bu haqiqatan ham noyob majmua. Tashqi ko‘rinishi juda ta’sirchan. Biroq Markaz ekspozitsiyalari Markaziy Osiyo tarixi, O‘zbekistonning ushbu mintaqadagi taraqqiyoti va rivojlanib borayotgan islom olamidagi o‘rni haqida keng tasavvur beradi. Ekspozitsiyaning yakuniy qismida esa O‘zbekistonning XXI asrda kelajak sari harakati haqidagi qarashlar ham o‘z aksini topgan.

Men bugun ertalabgina kelgan mamlakatim haqida juda ko‘p yangi ma’lumotlarni bilib olish imkoniga ega bo‘ldim. Islom olami vakillari uchun bu maskan, avvalo, Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasidagi o‘rnini chuqurroq anglash uchun katta imkoniyatdir. Bu hudud haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan inson uchun esa Markaz dunyoning ushbu qismi tarixini eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bosqichma-bosqich o‘rganish imkonini beradi.

Ekspozitsiyalar juda yaxshi tashkil etilgan, ma’lumotlar nihoyatda boy. Eng muhimi, bu — O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sivilizatsiyadagi o‘rni haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarni o‘rganish mumkin bo‘lgan noyob maskan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq uchun yaratilgan shunday imkoniyatlar natijasida O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosini dunyoga keng namoyon etish imkoni paydo bo‘lgan».

Tashrif yakunida Yan Sandersga esdalik sovg‘alari topshirilib, u «Faxriy mehmonlar» kitobida ham o‘z taassurotlarini qoldirdi:

«Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lganimdanx nihoyatda minnatdorman.

Markazdagi puxta tashkil etilgan va mazmunan boy ekspozitsiyalar menga Markaziy Osiyo tarixi, uning islom olamidagi o‘rni hamda O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot yo‘li haqida yanada chuqurroq tushuncha berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq uchun yaratilgan bunday imkoniyatlar O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash, o‘rganish va uni jahon hamjamiyatiga keng tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi».

Markaz ekspozitsiyalari o‘tmishni shunchaki namoyish etish bilan cheklanmay, tarix, sivilizatsiya, davlatchilik va taraqqiyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Bu yerda kechagi merosga bugungi nigoh bilan qarash va O‘zbekistonning ertangi taraqqiyot yo‘lini anglash mumkin.

DelegatsiyaBojxonaBosh kotib

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar