Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2027-yil I choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) hujjatlar qabul qilinishini e’lon qiladi

07.09.2026, 18:06191
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2027-yil I choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) hujjatlar qabul qilinishini e’lon qiladi

Hujjatlar qabuli Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) yoki yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali 2026-yil 15-sentyabrdan 15 -oktyabr kuniga qadar davom etadi.

Mustaqil izlanuvchilik quyidagi ixtisoslik bo‘yicha amalga oshiriladi:

24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar (PhD) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Qisqacha biografik ma’lumotnoma.
  2. Elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda — oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi*.
  3. Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).

Mustaqil izlanuvchilik (DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Qisqacha biografik ma’lumotnoma.
  2. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi*.
  3. Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).

Barcha xujjatlar PDF shaklida tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) yoki yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

* xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiy tan olinganlik guvohnomasi bilan birga yuklanadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma