Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Tinchlik va hamjihatlikka chorlovchi maskan”: Singapur Katta vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

07.09.2026, 19:00787
“Tinchlik va hamjihatlikka chorlovchi maskan”: Singapur Katta vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Singapur Respublikasi Katta vaziri Li Syan Lun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Markaz ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, O‘zbekiston hududida ming yillar davomida shakllangan boy ilmiy, ma’naviy va madaniy meros haqida keng tasavvurga ega bo‘ldilar.

Ayniqsa, Qur’oni karim zalida saqlanayotgan VII asrga oid mashhur Usmon Mus'hafi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Insoniyat tarixidagi eng noyob qo‘lyozma yodgorliklaridan biri sifatida e’tirof etiladigan ushbu Mushaf Markaz ekspozitsiyasining eng qimmatli durdonalaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan ulkan ilmiy-ma’rifiy loyihadir. Markaz O‘zbekiston zaminidagi qadimiy sivilizatsiyalar, islomdan avvalgi davr merosi, islom madaniyati va ilm-fani taraqqiyoti, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari hamda Yangi O‘zbekistondagi Uchinchi Renessans poydevori haqida yaxlit tasavvur beradi.

Bu yerda tarix faqat eksponatlar orqali namoyish etilmaydi. Zamonaviy texnologiyalar, ilmiy yondashuv va interaktiv yechimlar orqali ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yangi avlod va xalqaro mehmonlarga keng taqdim etilmoqda.

Tashrif yakunida Li Syan Lun «Faxriy mehmonlar» kitobiga Markaz haqidagi taassurotlarini yozib qoldirdi. Unda Markazning nafaqat O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosini namoyon etayotgani, balki turli madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga qaratilgan muhim maqsadlari alohida ta’kidlangan:

«Markaz O‘zbekistonning islomdan avvalgi davrlardan boshlangan boy tarixiy va madaniy merosini, shuningdek, Uchinchi Renassans sari intilishini keng namoyon etmoqda. Markazning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan qarashlari — tinchlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashayotgan ko‘p millatli va ko‘p dinli jamiyat — Singapurdan kelgan biz uchun nihoyatda yaqin va chuqur mazmunga ega. Markazga o‘zining muhim va ezgu faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman».

Singapur Katta vazirining ushbu fikrlari Islom sivilizatsiyasi markazining bugungi vazifasi va xalqaro ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi.

Zero, Prezident tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu majmua O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixini dunyoga tanitish bilan birga, turli xalqlar va madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv, tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan zamonaviy ma’rifiy maydon sifatida shakllanmoqda.

Bosh vazirSingapur

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar