Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

CNN oʻzbek allomalari haqida maqolalar eʼlon qildi

20.01.2025, 12:002641
CNN oʻzbek allomalari haqida maqolalar eʼlon qildi

Nashrning taʼkidlashicha, IX asrning atoqli oʻzbek olimi Fargʻoniy islomning ilm-fan taraqqiy topgan Oltin davriga katta hissa qoʻshgan. U astronomiya, matematika va geografiya fanlarida yetuk mutaxassis boʻlib, ham fan tarixida, ham islom sivilizatsiyasida oʻz oʻrnini mustahkamlagan. 

Abu Rayhon Beruniyga taʼrif berilar ekan, CNN uni dunyoni oʻlchagan odam sifatida eʼtirof etadi, erishgan yutuqlari bilan koʻplab zamonaviy fanlarga asos solgan buyuk olim oʻlaroq tan oladi. Uning Yerning aylanishi haqidagi gipotezasidan tortib Yer diametrini oʻlchashgacha boʻlgan asarlari antik davr merosi va kelajakdagi yangiliklar, jumladan, keyinchalik Uygʻonish davridagi Yevropada paydo boʻladigan innovatsiyalar oʻrtasida koʻprik boʻlgani taʼkidlanadi. 

Abu Ali ibn Sino, tibbiyotning otasi sifatida tanilgan, "Tib qonunlari" asari bilan mashhur boʻlib, u koʻp asrlar davomida Yevropada va Sharqda tibbiyotning asosiy qoʻllanmasi boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, u falsafa sohasida ham asarlar yozgan. 

Bu allomalarning ilmiy merosi hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan boʻlib, ularning asarlari jahon ilm-fani taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ushbu oy yakunida CNN mashhur astronom va matematik Mirzo Ulugʻbek haqida ham maqola eʼlon qilishi kutilmoqda.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar