Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

72 grammlik oltin bilakuzuklar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida saqlanmoqda

10.09.2026, 11:19661
72 grammlik oltin bilakuzuklar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida saqlanmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan tovus va sher tasvirlangan juft billakuzuklar XI–XII asrlarga mansub bo‘lib, Markaziy Osiyodagi o‘rta asr zargarlik san’atining yuksak namunalaridan biri sifatida e’tiborga loyiq.

Mazkur juft bilakuzuklar Markaziy Osiyo hududiga mansub bo‘lib, XI–XII asrlarda yaratilgan. Bilakuzuklarning o‘lchami 6,1 × 5,1 × 2,4 santimetr, juft holdagi umumiy og‘irligi esa 72 grammni tashkil etadi.

Nozik ishlangan ushbu taqinchoqlar oltin listdan, naysimon shaklda yasalgan. Bilakuzuklarning taxminan uchdan bir qismida deyarli sezilmaydigan oshiq-moshiq mexanizmi mavjud bo‘lib, ularni ochib-yopish imkonini bergan.

Taqinchoqning ikki uchi sher boshi shaklida yakunlangan. Sher go‘yoki o‘z og‘zi bilan qulfni tishlab turganday tasvirlangan. Qulfning tashqi tomonidagi dumaloq medalьonda esa bir-biriga qarab turgan uzun bo‘yinli va uzun dumli tovuslar aks ettirilgan. Sher boshlarida donalab ishlash granulyasiya usulida bajarilgan ko‘zlar va uchburchaksimon quloqlar alohida diqqatni tortadi. Tovuslar nisbatan realistik, sherlar esa badiiylashtirilgan uslubda tasvirlangan.

Bilakuzuklarning eng qiziqarli jihatlaridan biri ularda turli davr va madaniy an’analarning uyg‘unlashganidir. Bir-biriga qaragan qushlar kompozitsiyasi Sosoniylar davri shohona ikonografiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik Sug‘d san’ati orqali o‘rta asrlarda yanada keng tarqalgan.

Shu ma’noda, mazkur taqinchoqlar nafaqat zargarlik mahoratining yorqin namunasi, balki Markaziy Osiyodagi madaniy ta’sirlar, badiiy an’analar va uslublar davomiyligini namoyon etuvchi qimmatli tarixiy ashyo hamdir.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14819
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12214
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9942
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7972
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar