Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Indoneziya Haj va Umra vaziri: "O‘zbekiston Indoneziya xalqi qalbida alohida o‘ringa ega"

10.09.2026, 13:50597
Indoneziya Haj va Umra vaziri: "O‘zbekiston Indoneziya xalqi qalbida alohida o‘ringa ega"

Indoneziya Haj va Umra vaziri Muhammad Irfan Yusuf boshchiligidagi delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekistonning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan tanishdi. Tashrif davomida Imom Buxoriy merosi, Naqshbandiya ta’limoti hamda O‘zbekiston va Indoneziya xalqlarini bog‘lab turuvchi tarixiy rishtalar alohida ta’kidlandi.

Markazga tashrif buyurgan Indoneziya delegatsiyasi bu maskanda jamlangan tarixiy manbalar, ilmiy meros va madaniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdi. Ekspozitsiyalarda Islom sivilizatsiyasining shakllanishi, turli davrlardagi taraqqiyoti va jahon tamadduniga ko‘rsatgan ta’siri izchil namoyon etilgani mehmonlar e’tiborini tortdi.

Doktor Muhammad Irfan Yusuf markazning konsepsiyasiga yuqori baho berar ekan, uni tarixni anglashga xizmat qiladigan muhim ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida e’tirof etdi.

“Ushbu muzey orqali Islom tarixini, uning qanday shakllanib, rivojlanib borganini chuqurroq o‘rganishimiz mumkin. Menimcha, bu juda ajoyib g‘oya. Chunki tarixni o‘rganish biz uchun nihoyatda muhim. Zero, o‘tmishdan saboq olib, kelajak avlod uchun to‘g‘ri yo‘l va mustahkam poydevor yaratishimiz mumkin. Shu bois, ayniqsa, yosh avlod tariximiz va bu kabi boy meros haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Indoneziya xalqi qalbida alohida o‘rin tutadi. Bu zamindan ko‘plab buyuk ulamolar yetishib chiqqan. Biz dunyoga mashhur Imom Buxoriyning ilmiy merosini yuksak qadrlaymiz. Indoneziyada ko‘plab talabalar “Sahihul Buxoriy” asarini o‘rganadilar. Shuningdek, mamlakatimizda Naqshbandiya tariqatining ko‘plab izdoshlari bor. O‘zbekistonning ana shunday boy ilmiy-ma’naviy merosi va tarixini yaqindan o‘rganish uchun bu yurtga yana kelishim kerak, deb o‘ylayman.”

Uning fikricha, muzey ekspozitsiyalari orqali nafaqat Islom tarixining rivojlanish jarayonlari, balki turli davrlarda yuz bergan o‘zgarishlarni ham yaxlit tasavvur qilish mumkin. Bunday yondashuv tarixni oddiy sanalar va voqealar ketma-ketligi sifatida emas, balki bugungi kun uchun saboq beradigan tajriba sifatida anglash imkonini beradi.

Ayniqsa, bu bilimlarning yosh avlodga yetkazilishi muhim. Zero, o‘z tarixini bilgan avlod o‘zining ilmiy va ma’naviy ildizlarini anglaydi, o‘tmish tajribasidan kelib chiqib kelajak uchun xulosa chiqaradi. Shu ma’noda, markazning ilmiy va ma’rifiy yo‘nalishi xalqaro mehmonlar uchun ham alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi aloqalarning yana bir muhim jihati esa umumiy ilmiy-ma’naviy merosda namoyon bo‘ladi. Indoneziya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi, avvalo, bu zamin bilan bog‘liq buyuk allomalar faoliyati bilan chambarchas aloqador.

hajIndoneziyavazir

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar