Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Bu faqat muzey emas — islom sivilizatsiyasining tirik xotirasi»: Bruneylik professor markaz haqida

11.09.2026, 15:46761
«Bu faqat muzey emas — islom sivilizatsiyasining tirik xotirasi»: Bruneylik professor markaz haqida

«Gap binoning qanchalik ulkan ekanida emas. Eng muhimi — uning mazmuni, unda jamlangan bilim va islom sivilizatsiyasining go‘zalligini dunyo bilan baham ko‘rishga bo‘lgan samimiy intilishdir».

Bruneyning Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti professori Dayang Siti Sara binti Hoji Ahmad O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishar ekan, o‘z taassurotlarini ana shunday ifodaladi.

Professor boshchiligidagi Bruney delegatsiyasining Markazga tashrifi nafaqat tarix va meros bilan tanishuv, balki ikki ilmiy muassasa o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab bergan muloqotga aylandi.

Tashrif avvalida delegatsiya a’zolari va Markaz mutasaddilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda qo‘lyozmalarni birgalikda tadqiq etish, talabalar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, magistratura va doktorantura bosqichlarida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bruney universiteti vakillari ushbu yo‘nalishlarda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tizimli hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Markaz vakillari esa mehmonlarga qo‘lyozmalar fondi, ilmiy-tadqiqot dasturlari hamda masofaviy tadqiqot imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Tomonlar kelgusida munosabatlarni institutsional darajaga olib chiqish va hamkorlik memorandumini imzolashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Muzokaralardan so‘ng Bruney delegatsiyasi Markaz ekspozitsiyasi bilan batafsil tanishdi.

Ayniqsa, tarixning turli davrlarini yaxlit zanjir sifatida namoyon etuvchi ekspozitsion yechim mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Markazga ilk bor kirganimizda, go‘yo islomdan avvalgi davrga kirib borgandek bo‘ldik. Keyin bir tarixiy bosqichdan ikkinchisiga o‘tib, zamonaviy davrga qadar yetib kelasiz. Bu sayohat insonga bugungi kunning qadrini yanada chuqurroq his qilish imkonini beradi, — dedi professor Dayang Siti Sara binti Hoji Ahmad.

Uning ta’kidlashicha, Markaz ekspozitsiyasi faqat muayyan yosh yoki auditoriya uchun emas. U turli avlod vakillarini bir nuqtada — tarixni anglash, bugunni qadrlash va sivilizatsion merosni kelajakka yetkazish g‘oyasi atrofida birlashtiradi.

O‘z tariximiz va sivilizatsiyamizga nazar solmasdan turib, bugungi darajaga qanday yetib kelganimizni to‘liq anglay olmaymiz. Bu yoshlar, o‘rta yoshdagilar va keksalar uchun ham Alloh bizga ato etgan ne’matlarni anglash va qadrlashga undovchi ajoyib sayohatdir, — dedi bruneylik olim.

Professor Markazning xalqaro miqyosdagi ahamiyatiga ham alohida urg‘u berdi:

Bu Islom sivilizatsiyasi markazining G‘arbdagi yetakchi muzey va ilmiy-ma’rifiy muassasalar bilan bemalol raqobatlasha olishini ko‘rsatadi. Lekin, menimcha, uning ahamiyati bundan ham keng. Masala faqat binoning o‘zi yoki uning hajmida emas. Eng muhimi — bu yerdagi mazmun, bilim va islom bosib o‘tgan yo‘l hamda uning go‘zalligini boshqalar bilan baham ko‘rishga bo‘lgan muhabbatdir.

Bruney delegatsiyasining tashrifi shu tariqa oddiy tanishuv bilan cheklanmadi. U qo‘lyozmalardan tortib doktorlik tadqiqotlarigacha bo‘lgan keng ilmiy maydonda O‘zbekiston va Bruney olimlarini bog‘laydigan yangi hamkorlik uchun amaliy zamin yaratdi.

Zero, sivilizatsiyalar merosi faqat muzey vitrinalarida saqlanmaydi. U o‘rganilganda, tadqiq etilganda va yangi avlodlarga yetkazilganda yashashda davom etadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar