Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Anadoluning XV asrga oid jangovor merosi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida

14.09.2026, 17:55990
Anadoluning XV asrga oid jangovor merosi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida

Jang maydonida otliq uchun nafaqat qurol, balki ishonchli himoya vositasi ham muhim hisoblanadi. Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan XV asrga oid otliq jangchining oyoq himoya zirhi ana shunday harbiy anjomlardan biridir. Mazkur oyoq zirhi Anadolu hududida XV asrda bronzadan yasalgan bo‘lib, uning o‘lchami 35,8 × 23 santimetrni tashkil etadi.

U metall qoplama, uni bir-biriga bog‘lab turuvchi metall halqali to‘r hamda charm tasmalardan tashkil topgan. Zirhning asosiy plastinasi quyi qismida ignabargsimon, yuqori qismida esa biroz qiya yo‘nalgan bo‘rtma qovurg‘alar qabartirib ishlangan. Ushbu bezaklar orasida, shuningdek, zirhning yuqori va quyi qismlarida islimiy naqshlar saqlanib qolgan. Yuqori qismida esa yozuv parchasi mavjud.

Zirhning yon plastinalari asosiy qismga halqalar vositasida biriktirilgan. Harakatlanuvchi halqali to‘r jangchining oyoq bo‘g‘imlariga moslashib, erkin harakatlanish imkonini bergan. Saqlanib qolgan charm tasmalar esa zirhni oyoqqa mahkamlash vazifasini bajargan. Bunday XV asrga oid oyoq zirhlari Qoraqo‘yunli va Oqqo‘yunli turklarning siyosiy-madaniy muhiti bilan bog‘lanadi. Keyinchalik shu kabi zirh shakllari Usmoniylarning harbiy an’analarida ham qo‘llangan.

Bugun bu ashyo faqat jangovar anjom sifatida emas, balki o‘rta asrlar harbiy madaniyati, hunarmandlik mahorati va bezak san’ati uyg‘unlashgan tarixiy manba sifatida ham qimmatlidir.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar