Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Har bir zalda siz o‘sha davrga tom ma’noda sho‘ng‘iysiz» : Xorijiy mehmonlar markaz haqida

15.09.2026, 11:17614
«Har bir zalda siz o‘sha davrga tom ma’noda sho‘ng‘iysiz» : Xorijiy mehmonlar markaz haqida

Islom sivilizatsiyasi markaziga ilk bor qadam qo‘ygan xorijiy mehmonlarni avvalo uning ulkan ko‘lami, boy ekspozitsiyalari va tarixni zamonaviy texnologiyalar orqali jonlantirgan muhiti hayratga soldi.

Bir qarashda tarixiy eksponatlar, bir necha qadamdan so‘ng esa interaktiv ekranlar, qadimiy sivilizatsiyalar va ajdodlar hayotini aks ettiruvchi manzaralar — Markaz mehmonlarini turli davrlar bo‘ylab o‘ziga xos sayohatga chorladi.

“Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etayotgan xorijiy mehmonlar tashrif davomida O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixi, Islom madaniyati va boy ilmiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Ularning taassurotlari esa bir fikr atrofida uyg‘unlashdi: bu yerda tarixni shunchaki ko‘rib bo‘lmaydi — uni his qilish, anglash va o‘sha davr muhitiga go‘yoki sho‘ng‘ish mumkin.

Qozog‘istonlik Guljan Yespolova Markazdagi muhit va interaktiv imkoniyatlar haqida shunday dedi:

«Markaz shunday qurilganki, siz har bir zal bag‘ishlangan davrga tom ma’noda sho‘ng‘iysiz. Ko‘plab zallar interaktiv bo‘lib, ular orqali ilgari odamlar qanday yashaganini to‘liq tushunish mumkin. Ayniqsa, Markazning ko‘lami odamni hayratda qoldiradi. Kelajak avlod, shu jumladan farzandlarimiz uchun ham ajdodlarimiz qanday yashaganini interaktiv sho‘ng‘ish orqali xuddi voqelikdagidek ko‘rish juda qiziqarli».

Litva Milliy sog‘liqni saqlash sug‘urta jamg‘armasi bosh direktori Gitis Bendoryus esa qadimgi davrlarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar unda katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladi:

«Ko‘rgazmaning boshidagi, miloddan avvalgi birinchi ming yillikka oid qism men uchun eng hayratlanarli bo‘ldi. Odamlar qancha vaqt oldin yashaganlari, ular qanday san’atga ega bo‘lganlari va savdo yo‘llari qanday rivojlanganini ko‘rish juda qiziq. Men ko‘p narsalarni bilardim, lekin buni eksponatlar va interaktiv displeylar orqali ko‘rish haqiqatan ham hayratlanarli».

Fransiyalik Matilda Mayfert Markazning O‘zbekiston va mintaqa madaniy merosini yoritishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi:

«Markazingiz haqiqatan ham go‘zal va juda boy. Men Islom madaniyati haqida o‘zim bilmagan ko‘p narsalarni o‘rganyapman, bu juda taassurotli. Markaz O‘zbekiston va butun mintaqaning madaniyati hamda merosini haqiqatan ham aks ettiradi. Ayniqsa, qadimiy ashyolar, paxta va uni qayta ishlash usullari, ipak hamda Ipak yo‘li haqida ko‘proq bilish menga juda zavq bag‘ishladi».

Ozarbayjonlik Salman Gumbatov esa Markazning boy tarixi va muhiti unda katta taassurot qoldirganini bildirdi:

«Men ushbu Markazdan juda ta’sirlandim. Bu juda boy tarix. Toshkentda va O‘zbekistonda birinchi marta bo‘lishim hamda Markazga kelib, shuncha madaniyatni ko‘rishim orqali bu mamlakat naqadar qadimiy, madaniyati naqadar buyuk ekanini yanada chuqurroq his qildim. Juda ajoyib. O‘zbekistonliklarni shunday Markaz bilan tabriklayman».

Xorijiy mehmonlarning fikrlarida bir jihat mushtarak: Islom sivilizatsiyasi markazida tarix faqat namoyish etilmaydi — u ekspozitsiyalar, interaktiv imkoniyatlar va zamonaviy yechimlar orqali insonga yanada yaqinlashadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar