Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Markaz va uning muzeyi kutganimizdan ham ko‘proq taassurot qoldirdi» — Vengriyaning sobiq prezidenti

16.09.2026, 11:11668
«Markaz va uning muzeyi kutganimizdan ham ko‘proq taassurot qoldirdi» — Vengriyaning sobiq prezidenti

Vengriyaning sobiq Prezidenti Yanosh Ader boshchiligidagi 10 dan ortiq nufuzli mehmonlarning Markazga tashrifi tarixiy meros, ilm-fan va ma’rifat masalalariga bo‘lgan xalqaro qiziqishning yana bir ifodasi bo‘ldi. Delegatsiya vakillariga Markazning tashkil etilish maqsadi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ekspozitsiyalari hamda ilmiy-ma’rifiy loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif avvalida mehmonlar Islom sivilizatsiyasi markazining umumiy faoliyati bilan tanishib, markazning uziga xos konsepsiyasiga e’tibor karatdilar. Markazning mazmun-mohiyati faqat tarixiy ashyolarni namoyish etish bilan cheklanmasligi, balki o‘tmish merosini ilmiy asosda o‘rganish, tizimlashtirish, saqlash va zamonaviy vositalar orqali keng jamoatchilikka yetkazishga yo‘naltirilgani qayd etildi.

Delegatsiya a’zolari ekspozitsiya zallarini izchil ko‘zdan kechirdi. Ularga islom sivilizatsiyasining shakllanishi, Markaziy Osiyoda islom dini va madaniyatining rivojlanishi, ilmiy tafakkurning yuksalishi hamda ushbu hududdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berildi.

Ekspozitsiyalarda aks ettirilgan tarixiy jarayonlar orqali mehmonlar asrlar davomida shakllangan ilmiy maktablar, bilim almashinuvi va madaniy aloqalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Markaziy Osiyo zaminida yetishib chiqqan olimlarning matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, falsafa, hadis ilmi va boshqa sohalardagi ilmiy izlanishlari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Tashrif davomida buyuk mutafakkirlar va olimlarning ilmiy merosiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ularning yaratgan asarlari, ilgari surgan ilmiy g‘oyalari va tadqiqotlari nafaqat o‘z davri, balki keyingi asrlardagi ilmiy taraqqiyot uchun ham muhim manba bo‘lib xizmat qilgani haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Mehmonlar uchun Markazdagi tarixiy manbalar va madaniy meros namunalarini zamonaviy ekspozitsiya usullari asosida namoyish etish tajribasi ham qiziqish uyg‘otdi. Interaktiv yechimlar, vizual materiallar va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali murakkab tarixiy jarayonlarni keng auditoriya uchun tushunarli shaklda taqdim etish imkoniyatlari namoyon etildi.

Delegatsiya tashrifining yana bir muhim qismi Markazning ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati bilan yaqindan tanishish bo‘ldi. Mehmonlarga bu yerda tarixiy merosni o‘rganish, ilmiy izlanishlar olib borish, qo‘lyozma va manbalarni tadqiq etish, ilmiy ma’lumotlarni jamlash hamda yangi tadqiqotlar uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Markazning ilmiy faoliyati tarixiy merosni faqat saqlab qolish emas, balki uni chuqur o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish vazifasini ham qamrab oladi. Shu jihatdan, Markazning faoliyati tadqiqotchilar, olimlar, talabalar va tarix hamda madaniyatga qiziqadigan keng jamoatchilik uchun muhim ilmiy-ma’rifiy maydon yaratishga xizmat qilmoqda.

Mehmonlar Markazning tarixiy merosni xalqaro auditoriyaga yetkazish imkoniyatlari bilan ham qiziqdilar. Turli mamlakatlardan kelayotgan davlat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va sayyohlarning Markaz faoliyati bilan tanishishi ilmiy va madaniy muloqot uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bunday tashriflar orqali O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni, buyuk ajdodlarning ilmiy merosi va bugungi ilmiy-ma’rifiy tashabbuslar haqida xalqaro jamoatchilikka kengroq ma’lumot yetkazilayotganiga e’tibor qaratildi.

“Tashrifimiz davomida biz katta taassurot va syurprizga duch keldik. Ko‘rgazma haqiqatan ham ajoyib taassurot qoldirdi. U biz nisbatan kam biladigan tarixiy davrlar va jarayonlarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Eng muhimi, bu yerda an’anaviy tarixiy va muzeyshunoslik yondashuvlari zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan juda yaxshi uyg‘unlashtirilgan.

Umuman olganda, Markaz va uning muzeyi biz kutganimizdan ham ko‘proq taassurot qoldirdi. Bu yerda tarixiy merosni saqlash, uni o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish borasida katta ishlar amalga oshirilgani ko‘rinib turibdi. Ayniqsa, tarixiy ma’lumotlar bilan zamonaviy texnologiyalarning uyg‘unligi ekspozitsiyani yanada jonli va tushunarli qilgan. Bu esa nafaqat tarixga qiziqadigan mutaxassislar, balki yoshlar va keng jamoatchilik uchun ham muhim deb o‘ylayman.” - deydi Vengriyaning sobiq prezidenti Yanosh Ader

PrezidentVengriya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar