Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Bu faqat bugun uchun emas, kelajak avlod uchun yaratilgan»: Taylandlik mehmon islom sivilizatsiyasi markazi haqida

17.09.2026, 09:40987
«Bu faqat bugun uchun emas, kelajak avlod uchun yaratilgan»: Taylandlik mehmon islom sivilizatsiyasi markazi haqida

Tarixni shunchaki namoyish etish emas, balki uni anglash, o‘tmish va bugun o‘rtasidagi uzviylikni ko‘rsatish hamda kelajak haqida mushohada yuritishga undash — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining muhim jihatlaridan biri.

Tayland Qirolligining Charoen Pokphand Foods Public Company Limited (CPF) kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasi Bosh direktori janob Buri Srina boshchiligidagi delegatsiya Markazga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari, tarixiy artefaktlari va zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan muzey konsepsiyasi bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari orqali Markaziy Osiyoning ko‘p asrlik tarixi, ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti, buyuk allomalar merosi hamda sivilizatsiyalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida ma’lumot oldilar.

Janob Buri Srina Markaz haqidagi taassurotlarini bildirib, uning o‘ziga xos jihati tarixning izchil va yaxlit tarzda namoyon etilganida ekanini ta’kidladi:

«Biz Markaz haqida juda chuqur ma’lumot oldik. Bu yerdagi ekspozitsiyalar bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Markazda juda uzoq va boy tarix mujassam ekan. Ilgari bunday maskanni ko‘rmagan edik.

Bu yerda tarixni bosqichma-bosqich kuzatish mumkin. Qadim davrlardan tortib bugungi kungacha bo‘lgan voqealar, taraqqiyot va o‘zgarishlar uzviy bog‘liqlikda, yaxlit tarixiy hikoya sifatida namoyon etilgan.

Eng ta’sirlisi, bu yerda o‘tmish, bugun va kelajak bir-biri bilan uyg‘unlashgan. Har bir davr keyingi bosqich bilan mantiqan bog‘langan. Shu jihatdan, Markazdagi ekspozitsiyalar nafaqat tarix va taraqqiyot haqida, balki kelajak haqida ham so‘zlaydi».

Mehmon Markazning ahamiyatini nafaqat tarixiy merosni asrash va namoyish etish, balki kelajak avlod uchun ma’rifiy makon yaratish nuqtai nazaridan ham yuqori baholadi.

«Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat va xalq kelajagi haqida qayg‘urib, shunday ulkan tashabbusni amalga oshirganini ko‘rish mumkin. Bu juda buyuk va tahsinga loyiq ish.

Kelajak avlod bu yerga kelib, ajdodlari nimalarga erishganini, mamlakatning qanchalik boy va uzoq tarixga ega ekanini bilib olishi mumkin. Eng muhimi, ular bu tarixdan kelajak uchun saboq chiqaradi.
Menimcha, bu faqat bugun uchun qilingan ish emas. Bu abadiy qadriyat sifatida yaratilgan. Bu yerga kelgan har bir inson o‘rganishi, tarixni anglashi va o‘zligi haqida fikr yuritishi mumkin.

Inson bu yerda o‘z-o‘ziga “Men kimman? Biz qayerdan kelganmiz?” degan savollarni berishi va ularga javob topishi mumkin. Shu ma’noda, Markazning ahamiyati juda katta.

Sizlarning mamlakatingiz uchun shunday Prezident borligi, albatta, katta baxt», — dedi janob Buri Srina.

Tayland Qirolligi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar