Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Bu — O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi»: Islom sivilizatsiyasi markaziga yuksak baho

18.09.2026, 15:34668
«Bu — O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi»: Islom sivilizatsiyasi markaziga yuksak baho

Rossiya Federatsiyasining "Sifra" kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning me’moriy yechimi, ekspozitsiyalari, noyob artefaktlari hamda zamonaviy multimedia texnologiyalari asosida yaratilgan taqdimotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida Markazda tarixiy merosni namoyon etish bilan bir qatorda, uni zamonaviy texnologiyalar orqali anglash imkoni yaratilgani mehmonlarning alohida e’tiborini tortdi. Qadimiy qo‘lyozmalar va artefaktlar, tarixiy inshootlarning qayta tiklangan ko‘rinishlari, proyeksiyalar va interaktiv yechimlar yagona ekspozitsion konsepsiyaga birlashtirilgan.

«Sifra» kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Kirill Kazakov Markaz haqidagi taassurotlarini bildirib, avvalo, ushbu majmuaning barpo etilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va e’tibori alohida ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markazda jamlangan ulkan tarixiy meros, ekspozitsiyalarning mazmunan boyligi va ularni namoyish etish sifati bir vaqtning o‘zida ilmiy yondashuv hamda zamonaviy muzey texnologiyalarining uyg‘unligini namoyon etadi.

«Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu — haqiqatan ham ajoyib Markaz. Bu yerda juda katta miqdordagi artefaktlar jamlangan, ekspozitsiyalar va kontent yuksak darajada tayyorlangan. Binoning ta’miri, unda qo‘llanilgan materiallar, hatto eng kichik detallargacha bo‘lgan yondashuv juda yuqori saviyada bajarilgan.

Bu yerda har bir tashrif buyuruvchi qadimiy tarix, xususan, Markaziy Osiyo va, albatta, O‘zbekiston tarixi haqida juda katta hajmdagi mazmunli va qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Prezidentning O‘zbekiston, butun Markaziy Osiyo va, ehtimol, jahon tarixiy merosiga qo‘shayotgan bu hissasini baholash qiyin. Bunday muzeyda asrlar va ming yilliklar davomida to‘plangan ulkan merosni o‘rganish uchun, albatta, soatlab vaqt sarflash mumkin», — dedi Kirill Kazakov.

Mehmon, ayniqsa, ekspozitsiyalarda tarixiy manbalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta namoyon etish usullariga qiziqish bildirganini qayd etdi. Uning e’tiborini qadimiy artefaktlar, kundalik turmushga oid buyumlar, tarixiy obidalarning qayta tiklangan ko‘rinishlari hamda masjidlar maketlari tortgan.

«Men, ayniqsa, qadimiy artefaktlar, kundalik turmushga oid buyumlar, shuningdek, tarixiy obidalarning chiroyli qayta tiklangan ko‘rinishlariga qiziqdim. Masjidlar maketlari ham juda go‘zal. Ayniqsa, “Raboti Malik” karvonsaroyining maketi menda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, ekspozitsiyalarning qanday yaratilgani, proyeksiyalar qanday amalga oshirilgani, arxiv materiallari asosida bir vaqtlar mavjud bo‘lgan ulkan inshootlar qanday qayta tiklangani menda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Bajarilgan ishlarning sifati nihoyatda yuqori. Bu, albatta, O‘zbekistonning tashrif qog‘oziga aylangan maskan. Prezident tashabbusi va e’tibori bilan Toshkent markazida bunday ulkan ko‘lamdagi, noyob muzeyning barpo etilgani, albatta, katta yutuq», — deya ta’kidladi u.

Kirill Kazakovning fikricha, Markazning ahamiyati faqat muzey ekspozitsiyalari bilan cheklanmaydi. Bu yerda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ko‘p asrlik ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi yaxlit tarixiy manzara sifatida taqdim etilgan. Shu jihatdan, Markaz nafaqat tarixni namoyish etadi, balki uni zamonaviy avlod va xorijiy mehmonlarga yangi usullarda anglash imkonini ham beradi.

Mehmon Markazga yana tashrif buyurish istagini ham bildirib, bu yerdagi ekspozitsiyalar bilan to‘liq tanishish uchun bir tashrifning o‘zi yetarli emasligini ta’kidladi.

Rossiya Federatsiyasi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar