Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

1311-yilda ko‘chirilgan G‘aznaviylar tarixiga oid qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish qilinmoqda

18.09.2026, 17:05994
1311-yilda ko‘chirilgan G‘aznaviylar tarixiga oid qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish qilinmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan «Tarjimai Yaminiy» qo‘lyozmasi G‘aznaviylar sulolasi tarixi, xususan, Somoniylardan keyingi siyosiy jarayonlar va Sulton Mahmud G‘aznaviy davri haqida muhim ma’lumot beruvchi qimmatli tarixiy manbalardan biridir.

«Tarjimai Yaminiy» — Nasix ibn Zafar al-Jurbadqoniy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan asar bo‘lib, uning asosida Abu Nasr Muhammad ibn Abduljabbor al-Utbiyning arab tilida yozilgan «Tarixi Yaminiy» asari yotadi. Asarda G‘aznaviylar sulolasining asoschilari Sabuktegin (977–997) va uning o‘g‘li Sulton Mahmud G‘aznaviy (998–1030) davridagi voqealar yoritilgan. Asar 1021-yilgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni qamrab olib, Mahmud G‘aznaviyning Hindiston yarim oroliga yurishlari, Somoniylar va Buvayhiylar bilan munosabatlari haqida muhim ma’lumotlar beradi.

Al-Utbiy Sulton Mahmudning kotibi bo‘lgani sababli, asarda bayon etilgan ko‘plab voqealarga bevosita guvoh sifatida ma’lumot bergan. Tarjima ham mustaqil tarixiy asarga aylangan. Al-Jurbadqoniy mazkur asarni 1206–1207 yillarda Ozarbayjon Eldiguziylar sultoni Abu Bakr xizmatida fors tiliga tarjima qilgan. U asl matnni shunchaki tarjima qilish bilan cheklanmay, uni kengaytirgan, Saljuqiylar va Otabeklar tarixiga oid ma’lumotlar, she’rlar hamda o‘z izohlarini qo‘shgan.

Shu sababli «Tarjimai Yaminiy» oddiy tarjima emas, balki mustaqil tarixiy-adabiy asar sifatida ham qadrlanadi. Qo‘lyozmaning o‘zi ham noyob tarixiy manba. Markaz ekspozitsiyasidagi mazkur nusxa 1311-yilda, ya’ni asar tarjimasi yaratilganidan taxminan bir asr o‘tib ko‘chirilgan.

Qo‘lyozma 711-hijriy yil, 11 Rajab — 1311-yil 30-noyabr sanasida bitilgan bo‘lib, Fors hududida, Ilxoniylar davrida yaratilgan. U qog‘ozga fors tilida, nasx xatida yozilgan. Qo‘lyozma 154 varaqdan iborat bo‘lib, sahifalarida 19–21 qator matn joylashgan. Asarning yozuvida qora va jigarrang siyohlardan foydalanilgan, muqovasi esa jigarrang charmdan tayyorlangan.

Uning yana bir muhim jihati asar yaratilganidan atigi yuz yil o‘tib ko‘chirilgan nisbatan erta nusxa ekanidadir. Qo‘lyozmaning dastlabki qismi, xususan 27b-varag‘igacha bo‘lgan qismi, ayrim xususiyatlari bilan Xuroson uslubiga yaqinligi bilan ham e’tiborli.

ilmiy platforma

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar