Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazida yuzlab yangi nashrlar tayyorlanmoqda

21.09.2026, 17:54573
Islom sivilizatsiyasi markazida yuzlab yangi nashrlar tayyorlanmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatning boy tarixiy, ilmiy va madaniy merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan yangi nashrlarni tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda. Ayni jarayonlarni tizimli tashkil etish, har bir nashrning tayyorgarlik holatini muhokama qilish va belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish maqsadida Markazda yig‘ilish o‘tkazildi.

Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ilmiy xodimlar, nashrlar uchun mas’ul kuratorlar va ishchi guruhlar ishtirok etdi. Unda Markaz tomonidan tayyorlanayotgan kitob-albom, katalog, ilmiy-ommabop va boshqa nashrlarning joriy holati, ular ustida olib borilayotgan ishlar hamda navbatdagi vazifalar muhokama qilindi.

Markazning nashriyot rejasidan o‘rin olgan loyihalar mazmun va yo‘nalishi jihatidan keng qamrovga ega. Ular orasida “Zamonlar ko‘prigi” turkumidagi kitob-albomlar, xalqaro forum va kongresslarga bag‘ishlangan nashrlar, O‘zbekistonning madaniy merosini xorijiy to‘plamlar asosida yorituvchi kitob-albomlar, tarixiy shaxslar, qo‘lyozmalar va noyob Qur’oni karim nusxalariga bag‘ishlangan nashrlar mavjud.

Yig‘ilishda har bir nashrning tayyorgarlik darajasi alohida ko‘rib chiqildi. Ayrim loyihalarda matnlar shakllantirilib, verstka ishlari yakunlangan va yakuniy kelishuv bosqichiga kelingan bo‘lsa, boshqa nashrlarda ilmiy va adabiy tahrir, tarjima, korrektura, dizayn, foto va illyustrativ materiallarni takomillashtirish hamda verstka ishlarini davom ettirish belgilangan.

Shuningdek, nashrlarni bir necha tilda tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Zamonlar ko‘prigi” turkumi doirasidagi Islom sivilizatsiyasi forumi va boshqa yirik tadbirlarga bag‘ishlangan kitob-albomlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash rejalashtirilgan.

Nashrlar orasida O‘zbekistonning jahon madaniy merosidagi o‘rnini yorituvchi yirik loyihalar ham bor. Jumladan, jahon to‘plamlarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosi, tarixiy shaxslar, xaritalar, keramika, metall, to‘qimachilik, tangalar va boshqa noyob ashyolarga bag‘ishlangan kitob-alьbomlar tayyorlanmoqda.

Alohida yo‘nalish sifatida qo‘lyozma va Qur’oni karim merosiga bag‘ishlangan nashrlar ham shakllantirilmoqda. Ular qatorida “O‘zbekistonning 100 buyuk qo‘lyozma durdonalari”, “Noyob Qur’on qo‘lyozmalari ekspozitsion to‘plami”, “O‘zbekistonning nodir Qur’oni karimlari” kabi faksimile nashrlar hamda O‘zbekiston Qur’onlari va Qur’on qo‘lyozmalariga bag‘ishlangan kitob-alьbomlar o‘rin olgan.

Yig‘ilish davomida har bir nashr bo‘yicha mas’ul kuratorlar va ishchi guruhlarning vazifalari muhokama qilinib, ilmiy tahrirdan tortib tarjima, korrektura, dizayn, verstka va bosmaxonaga topshirishga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘zaro muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tayyorlanayotgan nashrlarda ma’lumotlarning aniqligi, matnlarning ilmiy va adabiy jihatdan puxtaligi, illyustrativ materiallarning mazmunga mosligi, xorijiy tillarga tarjimalar sifati hamda nashrlarning umumiy poligrafik ko‘rinishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida har bir mas’ulga o‘z yo‘nalishidagi nashrlar bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tayyor materiallarni belgilangan muddatlarda rahbariyatga taqdim etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Islom sivilizatsiyasi markazida amalga oshirilayotgan ushbu nashriyot loyihalari O‘zbekistonning boy ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini tizimli ravishda hujjatlashtirish, ilmiy muomalaga kiritish va keng jamoatchilik, shuningdek, xalqaro ilmiy-madaniy hamjamiyatga yetkazishga qaratilgan.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma