Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Tarixni kelajak bilan bog‘lagan noyob loyiha» — Eron vaziri Islom sivilizatsiyasi markazi haqida

22.09.2026, 11:12595
«Tarixni kelajak bilan bog‘lagan noyob loyiha» — Eron vaziri Islom sivilizatsiyasi markazi haqida

«Markazning muhim jihati shundaki, u o‘tmishni shunchaki namoyish etibgina qolmay, uni kelajak bilan bog‘laydi».

Eron Islom Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri G‘ulomrizo Nuri Qiziljeh O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi davomida Markazning ana shu jihatiga alohida e’tibor qaratdi.

U Markazda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boy tarixi, islom sivilizatsiyasining mintaqadagi taraqqiyot jarayonlaridagi o‘rni, uning ma’rifat, ma’naviyat va bunyodkorlikka asoslangan qadriyatlari, shuningdek, buyuk allomalar merosi keng yoritilganini ta’kidladi.

G‘ulomrizo Nuri Qiziljeh Markazda amalga oshirilgan ish ko‘lami va uning mazmuniga yuqori baho berib, uni yaratishda ishtirok etgan mutaxassislar mehnatini e’tirof etdi:

«Bugun O‘zbekistonda bunyod etilgan ushbu ajoyib majmua — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishish sharafiga muyassar bo‘ldim. Bu tashrifdan mamnunman. Markaz ijodkorlari va uni yaratishda ishtirok etgan mutaxassislar juda ulkan va tahsinga loyiq ishni amalga oshirgan.

Bu yerda, avvalo, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boy tarixi keng yoritilgan. Shu bilan birga, islom dinining mintaqadagi tarixi, uning mohiyati, ma’rifat va ma’naviyatga, bunyodkorlikka asoslangan qadriyatlari ham keng namoyon etilgan.

Ushbu markazni yaratish tashabbusini ilgari surgan va uni amalga oshirishda ishtirok etgan barcha insonlarga, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Menimcha, Markazning yana bir muhim jihati shundaki, u o‘tmishni shunchaki namoyish etibgina qolmay, uni kelajak bilan bog‘laydi. Tarix va islom sivilizatsiyasi merosini namoyon etish orqali insonlarni taraqqiyot va ezgu rivojlanish g‘oyalari sari yo‘naltiruvchi muhim ma’rifiy makon sifatida namoyon bo‘ladi».

Tashrif davomida Eron delegatsiyasi Markaz ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga ekspozitsiya konsepsiyasi, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi, islom dinining mintaqadagi taraqqiyot jarayonlariga ta’siri, buyuk allomalar ilmiy merosi va noyob qo‘lyozmalar haqida ma’lumot berildi.

Markazda tarixiy merosni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda namoyish etishga alohida e’tibor qaratilgani ham mehmonlar diqqatini tortdi. Raqamli texnologiyalar, interaktiv yechimlar va zamonaviy vizual vositalar orqali ko‘p asrlik tarixning yangi avlod uchun yanada ta’sirchan va tushunarli shaklda taqdim etilishi Markaz ekspozitsiyasining muhim jihatlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Tashrif yakunida G‘ulomrizo Nuri Qiziljeh «Faxriy mehmonlar» kitobiga o‘z taassurotlarini yozib qoldirdi. Unda Markazda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar va uni yaratishda mehnat qilgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.

vazirEron

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma