Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Nuroniylar va yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazdilar

22.09.2026, 12:30938
Nuroniylar va yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazdilar

Yosh avlodning tarixiy xotirasi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ilm-ma’rifatga keng jalb etishda ma’rifiy uchrashuvlarning ahamiyati katta. Shu maqsadda «Nuroniylar jamg‘armasi» tashabbusi bilan bir guruh o‘quvchi-yoshlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida yoshlar Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishib, yurtimiz hududida asrlar davomida shakllangan ilmiy va madaniy meros, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot oldilar. Markazning zamonaviy kutubxonasi, tarixiy qo‘lyozmalar va nodir eksponatlar ham ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’rifiy tashrif doirasida nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot ham tashkil etildi. Uchrashuvda katta avlod vakillari hayotiy tajribalari, ta’lim-tarbiya va ilm olishning inson kamolotidagi o‘rni haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tarix, ilm-fan, kitobxonlik va zamonaviy ta’lim masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqotda insonning bilim olishga bo‘lgan intilishi va o‘z ustida muntazam ishlashi yuksak natijalarning muhim omili ekani ta’kidlandi. Zero, tarixda nom qoldirgan buyuk allomalarning ilmiy merosi ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat va ma’rifatga bo‘lgan sadoqat mujassam.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni ajdodlar merosini chuqurroq o‘rganishga, nuroniylarning hayotiy tajribasidan saboq olishga va ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Nuroniylar va yoshlarni bir ma’rifiy maskanda birlashtirgan mazkur tashrif avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash, tarixiy merosni yangi avlodga yetkazish va uni asrab-avaylashning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Nuroniylaryoshlar

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar