Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Al-Jazira Media Instituti» direktori doktor Eman Al Amri O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

25.09.2026, 14:591039
«Al-Jazira Media Instituti» direktori doktor Eman Al Amri O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

«Al-Jazira Media Instituti» direktori doktor Eman Al Amri O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, Markazning muzey ekspozitsiyalari, noyob tarixiy manbalari va zamonaviy interaktiv texnologiyalar asosida yaratilgan taqdimot maydonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonga islom sivilizatsiyasining ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosi, O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi hamda tarixiy manbalarni zamonaviy muzey vositalari orqali namoyon etishga qaratilgan Markaz konsepsiyasi taqdim etildi.

Qo‘lyozmalar, tarixiy asarlar, ilmiy kashfiyotlar va interaktiv yechimlarni o‘zida mujassam etgan muzey ekspozitsiyalari doktor Eman Al Amrida katta taassurot qoldirdi.

«Markazda ko‘rganlarim haqiqatdan ham hayratlanarli bo‘ldi. Bu yerda islom madaniyati o‘zining haqiqiy mohiyati bilan namoyon etilganini his qilish mumkin. Siz bu madaniyatni nafaqat ko‘rasiz, balki uni his qilasiz. Islom sivilizatsiyasi tarixidan tortib, O‘zbekistonning yangi davrdagi taraqqiyot qarashlarigacha bo‘lgan jarayon juda uyg‘un va ta’sirchan tarzda ko‘rsatilgan», — dedi doktor Eman Al Amri.

U, shuningdek, Markaz g‘oyasi va uning tarixiy merosni asrash, o‘rganish hamda kelajak avlodlarga yetkazishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

«Menimcha, bu Markaz ortida katta qarash va maqsad bor. Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat, tarixiy meros va islom sivilizatsiyasi ilmiy boyliklarini asrashga bo‘lgan e’tibori bu yerda yaqqol ko‘rinadi. O‘zbekiston o‘z tarixini saqlabgina qolmay, uni kelajak avlodlar va butun dunyo auditoriyasi uchun yangi usullar orqali taqdim etmoqda», — deya ta’kidladi u.

Mehmon Markazda tarixiy merosni zamonaviy texnologiyalar orqali yetkazish uslubi va uning yosh avlod uchun ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratdi.

«Ayniqsa, qadimgi O‘zbekiston tarixi haqida hikoya qiluvchi interaktiv ekranlar menda katta taassurot qoldirdi. U yerda siz oddiy ma’lumot olmaysiz — tarixni his qilasiz. Bu joy o‘tmish merosini asrash bilan birga, yangi avlod uchun bilim va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlar bu yerga kelib, o‘z madaniyati va tarixi bilan tanishishi, o‘z merosi bilan faxrlanishi kerak», — dedi u.

Tashrif yakunida doktor Eman Al Amriga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nomidan «Uchinchi Renessans» kitobi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ushbu nashr O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, buyuk allomalar ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichi haqida keng tasavvur beradi.

Mazkur tashrif O‘zbekistonning boy sivilizatsion merosini xalqaro auditoriyaga yetkazish, tarix va zamonaviy kommunikatsiya o‘rtasidagi uyg‘unlikni namoyon etishga xizmat qildi.

Al-Jazira

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar