Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Amir Temur nomidagi davlat stipendiyasi joriy etilishi taklif etilmoqda

25.09.2026, 16:28550
Amir Temur nomidagi davlat stipendiyasi joriy etilishi taklif etilmoqda

O‘zbekistonda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2027/2028 o‘quv yilidan Amir Temur nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish taklif qilinmoqda. Hozircha bu tashabbus Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Stipendiyaga davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar da’vogar bo‘lishi mumkin. Har bir oliy ta’lim tashkiloti uchun bitta stipendiya ajratilishi taklif etilgan. 

📌Da’vogardan talab etiladi:
— a’lo baholarga o‘qish;
— ilmiy yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish;
— konferensiya va tanlovlarda ishtirok etish;
— O‘zbekiston tarixi va davlat tilini bilish;
— kamida bitta xorijiy tilni bilish;
— bitiruv malakaviy ishini Amir Temur va temuriylar merosiga bag‘ishlash yoki shu yo‘nalishda kamida 2 ta ilmiy ish e’lon qilgan bo‘lish.

Loyihaga ko‘ra, tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar hujjatlarini har yili 5–15 sentyabrь kunlari my.edu.uz tizimi orqali yuklaydi. Shuningdek, stipendiya sohibi bo‘lgan talabalarni bakalavriatni tugatgandan keyin bir yil ichida magistraturaning kunduzgi ta’lim shakliga tanlovsiz, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish taklif etilmoqda. 

Eslatma: hozircha bu talablar qaror loyihasidagi takliflar hisoblanadi, ya’ni yakuniy tartib tegishli qaror qabul qilingach aniqlanadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar