Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yaponiya delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi

28.09.2026, 11:01851
Yaponiya delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi

Ilk bor o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo — Yaponiya» tahliliy markazlar forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan yaponiyalik ekspertlar va ilmiy doira vakillari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Mehmonlarga Markazning ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy yo‘nalishlari, qo‘lyozma va tarixiy manbalarni o‘rganish, ilmiy merosni tizimlashtirish hamda uni keng jamoatchilikka yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Markazning tarix, madaniyat va sivilizatsiyalarni o‘rganish, ilmiy muloqotni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalar orqali tarixiy jarayonlarni keng auditoriyaga yetkazish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari va zamonaviy texnologik yechimlar bilan tanishdilar. Xususan, tarixiy jarayonlarni raqamli vositalar orqali tushuntirish, turli davrlarga oid ma’lumotlarni tizimlashtirish va ilmiy merosni yangi avlodga tushunarli shaklda yetkazishga qaratilgan yondashuvlar namoyish etildi.

Yaponiyalik ekspert Shigeto Sonoda Markaz ekspozitsiyalarida tarixning Islomdan avvalgi davrdan bugungi kunga qadar yaxlit jarayon sifatida yoritilgani, shuningdek, turli xalqlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi madaniy aloqalarga alohida e’tibor qaratilganini yuqori baholadi.

«Markazda menda eng kuchli taassurot qoldirgan ikki jihat bor. Birinchisi, bu yerda Islomdan avvalgi davr tarixi ham keng va izchil yoritilgan. Ekspozitsiya faqat Islom davri bilan cheklanib qolmagan, balki qadimgi davrlardan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy va madaniy jarayonlar o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatilgan.

Ikkinchi jihat — tarixning faqat muayyan davlat yoki davlatchilik tarixi sifatida emas, balki xalqlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi madaniy aloqalar nuqtai nazaridan ham yoritilganidir. Men dastlab bu yerda asosan O‘zbekiston davlatchiligi tarixi haqida hikoya qilinadi, deb o‘ylagandim. Ammo Markazda bundan ancha kengroq manzara — turli xalqlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalar ko‘rsatilganiga guvoh bo‘ldim.

Ayniqsa, yozuvlarning turli tarixiy davrlarda qanday o‘zgarib va rivojlanib borgani, yozuvning sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni alohida ko‘rsatilgani e’tiborimni tortdi. Bu yerda tarixni faqat o‘qib yoki eshitibgina qolmay, uning turli bosqichlarini yaxlit jarayon sifatida anglash mumkin.

Eng muhimi, tarixiy jarayonlar real ashyolar va manbalar orqali namoyish etilgan. Ularni bevosita ko‘rish nazariy bilimni yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Shu jihatdan, Markaz nafaqat yoshlar, balki tarixga qiziqadigan barcha avlod vakillari uchun muhim ilmiy-ma’rifiy maskandir.

Tarixni bilish — faqat o‘tmishni eslash emas. U bugungi dunyoni, xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Menimcha, Markazning eng muhim jihatlaridan biri ham aynan shunda», — deydi yaponiyalik mehmon Shigeto Sonoda.

Yaponiya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar