Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Nashrlar sifati va ilmiy mas’uliyat — ustuvor vazifa

28.09.2026, 16:50639
Nashrlar sifati va ilmiy mas’uliyat — ustuvor vazifa

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori tomonidan nashrlar faoliyati tahlil qilindi. 

Islom sivilizatsiyasi markazida nashrga tayyorlanayotgan ilmiy-ma’rifiy adabiyotlarning mazmuniy saviyasi, ilmiy aniqligi va tahrir sifatini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ayni paytda tayyorlanayotgan kitoblar, fundamental asarlar, tarjimalar va boshqa nashrlarning joriy holati batafsil tahlil qilindi. Har bir nashrni chop etishga tavsiya qilishdan avval uning ilmiy konsepsiyasi, manbalar bilan ishlash darajasi, matnning mazmuniy yaxlitligi, tarjima va tahrir sifati bo‘yicha qat’iy ekspertizadan o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, 114 Qur’on nusxasini tayyorlash jarayonining bugungi holati, amalga oshirilayotgan ilmiy va tahririy ishlar ham alohida ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishdagi har bir bosqichda tarixiy-ilmiy aniqlik, matnga mas’uliyatli munosabat va yuqori nashriyot standartlariga rioya etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Shuningdek, nashrga tayyorlanayotgan kitoblardagi mavjud xato va kamchiliklarni ekspertlar guruhi ishtirokida aniqlash va bartaraf etish, mualliflar, muharrirlar, tarjimonlar hamda soha mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda kitobni shunchaki nashr etish emas, balki ilmiy jihatdan puxta, mazmunan mukammal va uzoq yillar ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladigan nashr yaratish Markaz noshirlik faoliyatining asosiy mezonlaridan biri bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Muhokamalar yakunida har bir nashrning tayyorlik holatini qayta ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish hamda yakuniy materiallarni ekspertiza asosida nashrga tavsiya etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

ilmiy nashr

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar