Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Bu — ko‘rmay turib dunyodan o‘tib ketmaslik kerak bo‘lgan maskan» — Ibrahim Yumakli

29.09.2026, 12:04809
«Bu — ko‘rmay turib dunyodan o‘tib ketmaslik kerak bo‘lgan maskan» — Ibrahim Yumakli

Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrahim Yumakli boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov kutib olib, delegatsiya a’zolariga majmuaning ilmiy-ma’rifiy konsepsiyasi, ekspozitsiyalari va faoliyati haqida ma’lumot berdi.

Tashrif davomida Turkiya delegatsiyasi Markazda jamlangan tarixiy va madaniy meros, noyob artefaktlar hamda zamonaviy ilmiy-ma’rifiy yechimlar bilan yaqindan tanishdi.

Ibrahim Yumakli tashrif taassurotlari haqida so‘zlar ekan, Markazda jamlangan tarixiy meros va uning badiiy talqinini so‘z bilan to‘liq ifodalash qiyin ekanini ta’kidladi:

«Avvalo, bu buyuk san’at asari bo‘lgan markazni ifodalashga so‘zlar ojiz. “Haqiqatan ham ta’sirlandim”, deyishning o‘zi ham bu maskan menda uyg‘otgan taassurotni to‘liq ifodalab bera olmaydi. Ota-bobolarimiz merosi joy olgan ushbu qutlug‘ zaminda insonni beqiyos tarixiy sayohatga olib chiqadigan bu qadrli markazni, avvalo, butun dunyo musulmonlari, shuningdek, barcha turkiy xalqlar, san’at, tarix va o‘tmishga qiziqadigan har bir inson albatta ko‘rishi kerak. Bu — ko‘rmay turib dunyodan o‘tib ketmaslik kerak bo‘lgan maskan».

Ibrahim Yumakli Markazning barpo etilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va shaxsiy e’tiborini alohida qayd etib, bunday ulkan tarixiy-ma’rifiy majmuani yaratish imkoni uchun minnatdorlik bildirdi.

«Inshaalloh, bundan buyon uchratgan va suhbatlashgan har bir insonga bu maskan haqida so‘zlab beraman», — dedi Turkiya vaziri.

Shuningdek, u Markazning barpo etilishiga hissa qo‘shgan ishchilar, ustalar, muhandislar va barcha mutaxassislarga tashakkur bildirdi.

Tashrif so‘ngida Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov tomonidan Turkiya delegatsiyasi rahbariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ibrahim Yumakli «Faxriy mehmonlar» kitobida ham o‘z taassurotlarini qoldirdi:

«Hurmatli O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy qarashlari va yo‘l-yo‘riqlari asosida bunyod etilgan ushbu ulkan asar haqida so‘zlar ojiz. Qardosh O‘zbekistonni va ajdodlarimiz yashab o‘tgan ushbu betakror zaminlarni ziyorat qilish, bu bebaho meros bilan yana bir bor tarixiy sayohat qilish imkoniga ega bo‘lganimdan baxtiyorman. Shu fursatdan foydalanib, barchaga chuqur hurmatimni bildiraman. O‘zbekiston va Turkiya qardoshligi abadiy davom etadi va avloddan-avlodga yetkaziladi».

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar