Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi — yangi avlod gid-jurnalistlari uchun ilmiy maktab

29.09.2026, 18:26683
Islom sivilizatsiyasi markazi — yangi avlod gid-jurnalistlari uchun ilmiy maktab

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan, xalqimizning boy tarixiy va ilmiy-madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylash va uni yangi avlodga yetkazishga qaratilgan yirik ilmiy-ma’rifiy majmuadir. Bugun Markaz nafaqat tarix va madaniyatni namoyon etuvchi maskan, balki ilmiy izlanish, ta’lim va amaliy tajriba uyg‘unlashgan muhit sifatida ham yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Markaz va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligi doirasida 2-bosqich sayohat jurnalistikasi yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyev talabalarga gid-jurnalistikaning mazmun-mohiyati, uning an’anaviy ekskursovodlikdan farqi hamda tarixiy-madaniy merosni auditoriyaga yetkazishda jurnalistik yondashuvning ahamiyati haqida amaliy ma’lumotlar berdi.

Professorning ta’kidlashicha, gid-jurnalist shunchaki ma’lumot beruvchi yoki ekskursiya olib boruvchi emas. U obyektni chuqur o‘rganishi, uning tarixi va ilmiy ahamiyatini anglashi hamda bu bilimlarni o‘z so‘zi bilan mazmunli tarzda auditoriyaga yetkaza olishi kerak.

«Gid-jurnalist — ekskursovod yoki oddiy gid emas. U obyektni tadqiq qiladi, o‘rganadi, tarixini biladi va uni o‘z so‘zi bilan tushuntirib beradi. Bizdagi tarixiy va madaniy boyliklarni keng targ‘ib qiladigan mutaxassislar aynan shunday gid-jurnalistlar bo‘ladi», — dedi Tursunali Qo‘ziyev.

Uning fikricha, gid-jurnalistika jurnalistikadagi yangi amaliy yo‘nalish sifatida aynan Islom sivilizatsiyasi markazidagi ilmiy va ta’limiy muhitda shakllanib, kelgusida o‘z o‘rnini egallashi mumkin.

Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Jurnalistika fakulьteti dekani Shahnoza Taylakova ham ishtirok etib, markaz va universitet hamkorligi talabalar uchun yaratayotgan imkoniyatlarga to‘xtaldi.

«Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimiz, millatimiz va mamlakatimiz uchun juda muhim dargoh. Bu maskan bizga tariximiz va kim ekanimizni anglash haqida so‘zlaydi. Talabalarimizning ana shunday muhitda ta’lim olayotganidan faxrlanaman», — dedi Shahnoza Taylakova.

Dekanning qayd etishicha, markaz va universitet hamkorligi doirasida gid-jurnalistika yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va o‘quv adabiyotlarini yaratish bilan bir qatorda, tayyorlangan mutaxassislarning kelgusida Islom sivilizatsiyasi, islom madaniyati va O‘zbekistonning boy madaniy merosini jahon media makonida keng targ‘ib etishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining YUNESKO va ixtisoslashgan media kafedrasi filiali Markazda tashkil etilgani ham hamkorlikning ta’lim bilan cheklanib qolmasdan, ilmiy-tadqiqot va media sohalarini birlashtiruvchi yangi platformaga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Bu yerda talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini tarixiy manbalar, ilmiy ma’lumotlar va muzey ekspozitsiyalari bilan bevosita ishlash orqali mustahkamlamoqda. Ya’ni Markaz — ular uchun dars o‘tiladigan makon emas, balki o‘rganish, tadqiq qilish, tahlil etish va o‘z bilimlarini auditoriyaga yetkazish ko‘nikmalari shakllanadigan tirik ilmiy muhitdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan yoshlarni milliy tarix va boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganishga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirishga qaratilgan tashabbuslar nuqtai nazaridan, bunday ta’limiy va amaliy maydonlarning ahamiyati yanada ortadi. Zero, tarixiy merosni kelajak avlodga yetkazish nafaqat uni bilish, balki uni zamonaviy til va usullarda dunyoga tanitishni ham talab etadi.

Shu ma’noda, Islom sivilizatsiyasi markazi yoshlar uchun o‘tmishni o‘rganish bilan birga, uning mazmun-mohiyatini zamonaviy media tilida keng auditoriyaga yetkazish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan muhim ilmiy-ma’rifiy muhitdir.

Zero, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash bilan bir qatorda, uni zamonaviy media tilida dunyoga tushuntira oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash ham bugunning muhim vazifalaridan biridir.

 

ilmiy platforma

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar