Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

USTOZ VA MURABBIYLAR — MA’RIFAT VA TARBIYANING YUKSAK TIMSOLI

30.09.2026, 20:39880
USTOZ VA MURABBIYLAR — MA’RIFAT VA TARBIYANING YUKSAK TIMSOLI

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustoz va murabbiylarni sharaflashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ilm-fan, ta’lim, ma’rifat va madaniyat sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega olimlar, ustozlar va mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda. Bayram tadbiri ana shu fidoyi insonlarga yuksak ehtirom va minnatdorlik ifodasi bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ustoz va murabbiylarni qutlab, ularning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

Ustoz — insonga nafaqat bilim, balki hayot sabog‘ini, ma’naviy qadriyatlarni ham beradigan ulug‘ zot. Ayniqsa, tarix, ilm-fan va ma’rifatni o‘rganish hamda uni kelajak avlodga yetkazishda ustozlarning mehnati alohida ahamiyatga ega. Markazimizda faoliyat yuritayotgan har bir olim va mutaxassis o‘z bilimi, tajribasi va fidoyiligi bilan yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shmoqda, — dedi Firdavs Abduxoliqov.

Uchrashuv davomida Markazda faoliyat yuritayotgan ustoz va olimlarning ilmiy-ma’rifiy sohadagi ko‘p yillik mehnati alohida e’tirof etildi.

Jumladan, tarix fanlari doktori, professor Zohidullo Munavvarov, shuningdek, davlat tashkilotlarida uzoq yillar mas’ul va rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan tajribali mutaxassislar hamda Markaz jamoasining bir qator faol xodimlari bayram munosabati bilan samimiy qutlandi. Ularga gullar taqdim etilib, ezgu tilaklar bildirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ustozlik va murabbiylik kasbi inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti va ma’naviy yuksalishning muhim omili ekanini ta’kidladilar.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugun nafaqat tarixiy va madaniy merosni namoyish etuvchi maskan, balki ilm-fan, ma’rifat va ta’limni uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos xalqaro ilmiy-ma’rifiy platforma sifatida ham shakllanib bormoqda. Bu yerda faoliyat yuritayotgan olimlar, ustozlar va mutaxassislarning bilim va tajribasi Markazning ana shu yuksak maqsadlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bayram tadbiri samimiy muloqot, ezgu tilaklar va ustozlarga bo‘lgan yuksak ehtirom ruhida o‘tdi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar