Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Maxsus vitrinalar xorijning nufuzli kompaniyasi tomonidan yasaladi

06.05.2025, 18:361841
Maxsus vitrinalar xorijning nufuzli kompaniyasi tomonidan yasaladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi maxsus vitrinalari Germaniyada faoliyat yuritayotgan “Glasbau Hahn” kompaniyasi tomonidan yasaladi.

Bu haqida Kengaytirilgan ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi. 

Yigʻilishda “Glasbau Hahn” kompaniyasi rahbari Ezabel Han markaz uchun yasalishi koʻzda tutilgan vitrinalarni taqdimotini oʻtkazdi.
 
— Kompaniyamiz tashkil etilganiga qariyb 200 yil boʻldi. Unga bobom asos solgan. Hozirga qadar  vitrinachilik bizga avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan merosdir.  Kompaniyamiz tomonidan yasalgan vitrinalar dunyoning nufuzli muzeylaridan joy olgan. Oʻzbekiston uchun ham  bir nechta vitrinalar yasab berganmiz. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi uchun zamonaviy va qulay, koʻchirsa, kengaytirsa va turli formatlarga solsa boʻladigan vitrinalarni taqdim etyapmiz. Bunda mahalliy olimlarning fikri biz uchun qiziq, — dedi kompaniyasi rahbari.

Maʼlumot uchun, “Glasbau Hahn” kompaniyasi dunyoning nufuzli kompaniyalari orasida eʼtirof etilgan, kompaniya standartlarga koʻra jahonning top uchlik kompaniyalar safida turadi. Yigʻilish soʻngida kengash aʼzolari  kompaniya vakillariga vitrinalar yasashda nodir qoʻlyozmalarga zarar keltirmaslik tartiblari, noyob eksponatlarni sifatli va xavfsiz saqlashga ahamiyat qaratilishi yuzasidan fikr mulohazalr bildirildi. Kengash aʼzolari  tomonidan “Glasbau Hahn” kompaniyasi rahbari Ezabel Hanning taqdimoti qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning  dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9959
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7991
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar