Kitoblar va boshqa bosma nashrlarni chop etish xizmatlari bo‘yicha tijorat takliflari qabul qilinadi

Kitoblar va boshqa bosma nashrlarni chop etish xizmatlari bo‘yicha tijorat takliflari qabul qilinadi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kitoblar, monografiyalar, to‘plamlar, kataloglar, alьbomlar, bukletlar, risolalar va boshqa bosma nashrlarni chop etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha nashriyotlar va bosmaxonalarni hamkorlikka taklif etadi.
Shu munosabat bilan, quyidagi nashrlarni chop etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha o‘z tijorat takliflaringizni 2026-yilning 30-oktabr kuniga qadar ( uz.ism@exat.uz, info@cisc.uz ) manziliga taqdim etishingizni so‘raymiz.
Taqdim etilgan takliflar belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi. Mazkur e’lon davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan xarid tartib-taomillarining o‘rnini bosmaydi.
Hamkorlik uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz.






