Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi

30.09.2025, 13:027972
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi

Artefaktlarni taqdim etish marosimi 26–27 sentabr kunlari oʻtgan «Buyuk oʻtmish merosi — maʼrifatli kelajak asosi» forumi doirasida “Sevimli” telemediamajmuasining konferensiya zalida boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 20 dan ziyod mamlakati vakillari, jumladan 100 dan ortiq olim va ekspertlar qatnashdi.



 

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov soʻzga chiqib, marosimni ochib berdi. 

Islom sivilizatsiyasi markazi Prezident tashabbusi bilan sakkiz yil avval asos solingan yirik ilmiy-maʼnaviy maskandir. Markazda ajdodlar merosi jamlanib, yoshlarga ibrat va olimlarga tadqiqot uchun imkoniyat yaratilgan.

Bugun u nafaqat koʻrkam bino, balki ilm, taʼlim va madaniyatni uygʻunlashtirgan koʻp funksiyali markazga aylandi. Shu munosabat bilan xorijiy ekspertlar forumi oʻtkazilib, ularning markaz rivojiga qoʻshgan hissasi alohida eʼtirof etildi, – dedi Shavkat Ayupov. 



 

Prezident tashabbuslarini amalga oshirishda yuksak masʼuliyat va fidokorlik koʻrsatgan ustoz olimlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mingdan ortiq oʻzbekistonlik va yuzlab xorijiy olimlar birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oddiy muzey emas, balki Prezidentimiz taʼkidlaganidek, buyuk maʼnaviy va ilmiy platformaga aylandi. Bu yerda madaniy merosni oʻrganish, saqlash va targʻib qilish uchun barcha sharoit yaratilgan. Loyihaning maqsadi — ajdodlarimiz merosini dunyoga tanitish, Islom sivilizatsiyasining insoniyat taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasini koʻrsatish va tinchlik, maʼrifat gʻoyalarini targʻib etishdir. Bu maskan jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishning yorqin ramzi sifatida barpo etildi. Barcha hamkorlar va olimlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz, – dedi markaz direktori Firdavs Abduholiqov. 

Shundan soʻng xadyalar topshirish marosimi boshlandi. Jahonga mashhur kolleksiya va galeriyalar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi uchun qimmatli eksponatlar taqdim etishdi.

Tadbirning madaniy qismida mashhur sanʼatkorlar sahnada chiqish qildi. Sovgʻa beruvchilar esa sahnadan yoki onlayn tarzda ulanib, topshirilgan artefaktlarning tarixi va ahamiyati haqida maʼlumot berdi hamda Oʻzbekiston va ISM rahbariyatiga samimiy tilaklarini izhor etdi.


Mansur Muxtorzoda, kolleksioner (Buyuk Britaniya):

Toshkentda, yurtingizning qadimiy va boy sivilizatsiyasini ardoqlovchi nufuzli mehmonlar safida boʻlish men uchun beqiyos sharafdir. 


Men uchun bugungi kunda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga XVI asrda koʻchirilgan “Shohnoma” asari sahifalarini sovgʻa qildim. Shu orqali Oʻzbekistonning betakror, serqirra madaniyatini koʻrsatishga oʻz hissamni qoʻshayotganimdan xursandman.



Eng yirik sovgʻalar orasida Britaniyadan kelgan noyob eksponatlar alohida eʼtiborga molik:

  • DAVID AARON sanʼat galereyasi — islomgacha davrga oid taqinchoqlar;
  • MOMTAZ ISLAMIC ART galereyasi — Safaviylar davriga oid toʻy boltasi;
  • YACOB’S GALLERY — Temuriylar davri keramika laganlari;
  • SAM FOGG kolleksiyasi — oʻrta asr metall va bronza buyumlari;
  • Doktor Firuza Melvill (Kembrij) — XX asr boshlariga oid gilam;
  • Mansour Gallery — XVI asr “Shohnoma” sahifalari.

Shuningdek, Rossiyaning “Medina” nashriyoti diniy mavzudagi asarlarni, oʻzbekistonlik xayriyachilar esa 20 ta meʼmoriy yodgorlik maketi, XVIII asrga oid astrolobiyalar, XIX–XX asr Qurʼon nusxalari, Kushon tangalari va turli xaritalarni taqdim etdi.



 

Alohida holda, ISM direktori Firdavs Abduholiqov oʻz shaxsiy oila kolleksiyasidan Vizantiya askarlariga tegishli V–VI asr oltin buyumlarini sovgʻa qildi.

Forumda TURKSOY, ICESCO, IRCICA va “Al-Furqon” kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6
carousel image 7

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14819
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12214
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9942
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
17.09.2025·6990
37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!
Barcha yangiliklar