Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

XVII asr meʼmoriy inshootlar bezaklari semantik tadqiq qilinadi

07.05.2025, 14:402083

XVII asr xonliklar davrida yurtimizda fan va madaniyat bir maromda taraqqiy etib, meʼmorchilik va shaharsozlik ham ancha taraqqiy etgan. Bunda bino va inshootlarni  qoʻshimcha bezaklar,  jimjimador naqshlar bilan pardozlash ishlari ancha taraqqiy etgan.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan maxsus ilmiy guruh tomonidan oʻsha davr meʼmorchilik anʼanalari chuqur oʻrganilmoqda.  Inshootlar bezaklari semantik tadqiq etilmoqda.

«Koʻkaldosh» madrasasi Toshkent shahridagi oʻsha davrda yaratilgan tarixiy obidalardan biri sanaladi. Madrasa 1551—1575-yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan oʻralgan. Hujralar soni 38 ta boʻlib, dastlab qurilganda madrasa uch qavatdan iborat boʻlgan.

Bosh fasad janubga qaragan, darvozadan kiraverishda chapda masjid, oʻngda darsxona joylashgan. XVIII asrga kelib qarovsiz qolgan madrasa karvonsaroy sifatida foydalanilgan. 1830—1831 yillarda Toshkent hokimi Lashkar Beklarbegining davrida darsxona va masjid nurab toʻkila boshlagan zangori gumbazlari va ikkinchi qavatning gʻishtlari koʻchirib olinib, hozirgi kunda buzilib ketgan Beklarbegi madrasasi (bozorning yuqori qismida)ning qurilishida ishlatilgan. Keyinchalik bino tarixiy tadqiqotlarga asoslangan holda bino qayta tiklanib bugungi koʻrinishga kelgan.

Ayni kunda Nizomiy nomidagi  Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent arxitektura  va qurilish universiteti, K.Behzod nomidagi  Milliy rassomlik va dizayn instituti olimlari tomonidan  Koʻkaldosh madrasasi peshtoq bezaklarida anglashilgan maʼnolar, turli shakl va shamoyillar ifodalagan mazmun-mohiyat tadqiq etilmoqda. Tadqiqotlar asosida kitob-albom va mediakontentlar yaratilmoqda.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ushbu mahsulotlar eksponat sifatida maxsus vitrinalardan joy oladi.

 

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9959
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7991
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar