Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Boboxonovlar sulolasi boʻlimiga  yangi kontentlar taqdim etiladi

08.05.2025, 19:541811

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Qozogʻistondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti dotsentlari tashrif buyurdi. Uchrashuvda Markaz direktorining birinchi oʻrinbosari Firdavs Halimov mehmonlarga bunyod etilayotgan markaz binosi va uning boy ekspozitsiyasi haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. 


 

Qozogʻiston bilan ilmiy-maʼrifiy masalalarda ham hamkorligimiz yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Shuning uchun ham ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar bardavom rivojlanmoqda. Ostonada ulkan masjid barpo etilgani bizni juda xursand qilgan. Biz qoʻshni mamlakatlarda boʻlgan islohotlardan boshimiz koʻkka yetadi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilishi ularni ham birday mamnun etadi deb oʻylayman. Shuning uchun ular markazni biz bilan birga bunyod etishda yelkama-yelka boʻlishga shay turishibdi, – dedi Firdavs Halimov. 

Uchrashuvda mehmonlarga Markaz kutubxonasi va boʻlimlari alohida tanishtirib oʻtildi. Markaz ekspozitsiyasini boyitish boʻyicha qilinayotgan ishlar, tuzilgan ilmiy-innovatsion medialoyihalar haqida maʼlumot berildi.  
 

– Oʻzbekistonda bunyod etilayotgan ushbu mega inshoot bizni mamnun etdi va hayratga soldi. Markaz ekspozitsiyasini boyitish uchun universitetimizning olimlar jamoasi sidqidildan yordam berishga tayyor. Bu maʼrifiy maskan nafaqat Oʻzbekiston uchun balki qoʻshni davlatlar uchun ham faxr va iftixor  boʻlib xizmat qiladi. Bizda markazga inʼom etadigan artefaktlar ham bor. Ularni mavzular kesimida ekspozitsiyaga taqdim etish masalalarini kelishib olish kerak, – dedi Qozogʻistondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti dotsenti Askar Akimxanov. 

Shuningdek, mehmonlar Markazning Boboxonovlar sulolasi maxsus boʻlimi uchun  yangi kontentlar taqdim etish imkoni borligi maʼlum qildi. Bu borada maxsus ekspeditsiya tashkil etilib, ilmiy guruh manbalarni tadqiq etishi kerakligi haqida tavsiyalar berib oʻtdi. 


Uchrashuv davomida mehmonlarga Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar haqida va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilishiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar