Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Germaniyada oʻqib kelgan Xayrinisa Majidxonova xotirlanadi

09.05.2025, 21:251906

1922 yil Germaniyaga oʻqishga borgan 70 nafar talaba-yoshlar orasida Xayriniso Majidxonova alohida ajralib turadi.  U davrlarda ayollar Yevropaga oʻqishga borish tugul, uyidan ikki chaqirim nariga chiqishga izn boʻlmagan.

Ana shunday qaltis davrda ular oʻz vatanida oʻzgarishlar qilish niyatida Yevropaga oʻqishga yoʻl olgan matonatli qizlar edi.

Xayrinisa Majidxonova 1905 yil 25 dekabrda Toshkent shahrida oqsoqol Majidxon Jalilov xonadonida dunyoga kelgan. U 17 yoshida Germaniyaga tahsil olgani ketadi. Dastlab, nemis tilini mukammal oʻrgangan qiz keyinchalik tibbiyot yoʻnalishida tahsil oladi.

 

1928 yili Oʻzbekistonga qaytgan Xayrinisa, Toshkentda oʻqituvchilarining dam olish uyida shifokor boʻlib ishlay boshladi. Keyinchalik, Toshkent tibbiyot  institutini tamomlab,  Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Oʻzbek poyabzal tresti ambulatoriyasida shifokor-vrach boʻlib ishladi. Oldiga qoʻygan buyuk maqsadlar yoʻlidan borayotgan Xayrinisa Majidxonova navqiron 32 yoshida totalitar tuzumning qonli qatagʻoni girdobiga gʻarq boʻldi. U oila ham qurishga ulgurmagan edi...

 

Ayni damda Toshkent shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti, Gyote instituti Toshkent filliali, “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi, bilan hamkorlikda  olima haqida maʼlumotlar toʻplanmoqda. Toʻplangan maʼlumotlar asosida Kinematografiya agentligi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida  ekspozitsiya uchun maxsus hujjatli film yaratiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning  dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar samarali olib borilmoqda.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar