Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Gʻafur Gʻulomga oid eksponatlar Oʻzbekistondagi megaloyiha ekspozitsiyasidan oʻrin oladi

10.05.2025, 10:031939

10  may  Gʻafur Gʻulom tavallud topgan kun. Yozuvchi va shoir Gʻafur Gʻulomning ijodi va uning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni beqiyos. Adabiyotshunoslar tomonidan Gʻafur Gʻulom XX asr oʻzbek adabiyotining porloq yulduzi deya eʼtirof etiladi. U oʻz davrida oʻzbek adabiyoti va madaniyatining ilgʻor vakillaridan biri edi. Serqirra ijodkor – shoir, tarjimon, dramaturg va jamoat arbobi sifatida dovruq qozongan.

Uning hayoti va ijodi nafaqat adabiy, balki maʼnaviy, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega boʻlib, har bir oʻzbek oʻquvchisi uchun qadrli va ibratlidir.

Gʻafur Gʻulom 1903 yil 10 may sanasida  Toshkent shahrida  tugʻilgan. Bolalikdan hayotning ogʻirlarini his qilib oʻsgan,  ilmga chanqoqligi va ijodga boʻlgan ishtiyoqi tufayli u koʻp narsaga erishdi.  Umrini adabiyotga bagʻishladi. Uning ilk ijod namunalari 1920-yillardan boshlab matbuotda chop etila boshlangan.

U 1930–40 yillarda faol ijod bilan shugʻullanib, oʻzbek sheʼriyatini yangi bosqichga olib chiqishda katta hissa qoʻshgan. Uning urush ogʻriqlari haqida yozgan sheʼrlari shoirga yanada koʻproq dovruq olib keldi.

Uning “Shum bola” asari oʻzbek bolalar adabiyotidagi eng yorqin asarlardan biri sanaladi. Shuningdek, uning bu kabi asarlarida oʻsha davr achchiq haqiqatlari yengil kinoya orqali ochib berilgan.

Gʻafur Gʻulom oʻzining bebaho adabiy merosi, xalqchil asarlari, badiiy ijodga muhabbati bilan oʻzbek adabiyoti tarixida oʻchmas iz qoldirdi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida XX asr oʻzbek adabiyoti namoyandalari qatorida Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodi ham oʻrganiladi. Ayni kunlarda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan adibning hayoti va ijodi oʻrganilib,  ekspozitsiyaga mos jihatlar saralanmoqda. Markaz tomonidan tuzilgan yana bir ilmiy guruh aʼzolari esa Gʻafur Gʻulom uy muzeyidagi ijodkorning shaxsiga doir eksponatlar markaz muzeyida namoyish etilishi boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar