Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Abdulgʻoziy Bahodirxon ilmiy merosi Islom sivilizatsiyasi markazi  ekspozitsiyasidan oʻrin oladi

12.05.2025, 11:171671

Abulgʻoziy Bahodirxon shayboniylar sulolasidan boʻlib, 1643–1664 yillar davomida Xiva xonligini boshqargan. U tarixda faqatgina hukmdor sifatida emas, balki tarixchi va tabib sifatida ham katta nom qoldirgan. Uning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixi uchun muhim manbalardan sanaladi.

“Shajarayi tarokima” asari 1658–1661 yillar oraligʻida eski oʻzbek tilida yozilgan boʻlib, turkiy qabilalar, ayniqsa turkman xalqining kelib chiqishi haqida maʼlumot beradi. Asarda barcha turkiy xalqlarning afsonaviy podshosi boʻlgan Oʻgʻizxon va uning avlodlari, shuningdek, turkman urugʻlari — solur, boyandor, taka, yovmut, xizr eli, sari, Ali eli, yasor, ersori va boshqalar haqida qisqacha tarixiy maʼlumotlar keltirilgan. Abulgʻoziyning taʼkidlashicha, bu asarni u turkman mullalari, shayxlari va beklarining iltimosi bilan yozgan. Asar XIX asr oxirlarida mutaxassislar eʼtiboriga tushgan va 1958 yilda akademik A.N. Kanonov tomonidan tanqidiy matni va ruscha tarjimasi bilan nashr qilingan.

Abulgʻoziyning ikkinchi asari — “Shajarayi turk” 1663–1664 yillarda yozib tugallangan. Unda Xorazmning XVI asrdan XVII asrning birinchi yarmigacha boʻlgan ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etilgan. Asar xabar shaklida yozilgan boʻlib, u oʻz davri voqealari, siyosiy kurashlar va hukmdorlar faoliyati haqidagi tarixiy maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Oʻzbek xonliklari davri” ekspozitsiyasidan Abdulgʻoziy Bahodirxon ilmiy merosi oʻrin oladi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar