Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Axsikent ekspeditsiyasi, Damashq qilichi va yangi medialoyihalar: ITsM Kengashi yigʻilishi davom etmoqda

12.05.2025, 18:041608

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi Kengaytirilgan ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda Kengash aʼzolari toʻgʻridan-toʻgʻri va onlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Dastlab, London qirollik kolleji Arxeologiya boʻlimi ilmiy xodimi, doktor Miliana Radivoyevichning Namangan viloyatidagi Axsikent mavzesida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasi bilan tanishtirdi. Miliana Radivoyevich uzoq yillardan beri mamlakatimizda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarda faol ishtirok etib keladi.

Kengash aʼzolari tomonidan yirik anjumanlarga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar roʻyxati ham taqdim etildi. 

“Axsikent dunyodagi eng qadimiy metallurgiya markazlaridan biri hisoblanadi. Men oʻzbekistonlik, kiprlik va buyuk britaniyalik hamkorlarimiz bilan birga Axsikentda ilk oʻrta asrlarda metallurgiya yuqori darajada rivojlanganini kashf etdik. Jumladan, Islom olamining dastlabki davrida  tayyorlana boshlagan mashhur Damashq qilichlari ham aynan Axsikentda qazib olingan va qayta ishlangan poʻlatdan foydalanganini isbotladik. Nasib etsa, Markazning ochilish marosimida bu tarixiy voqeani alohida medialoyiha sifatida taqdim etamiz", — dedi Miliana Radivoyevich.

ITsM xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi Yekaterina Soboleva Kengash aʼzolarini Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tantanali ochilishi marosimi konsepsiyasi bilan tanishtirdi. Unda ushbu marosim doirasidan joy olgan tadbirlar, “Oʻtmishning boqiy merosi – buyuk kelajak asosi” mavzusida Toʻqqizinchi kongress kun tartibi va boshqa masalalar oʻrin olgan. 

Shuningdek, Markaz ekspozitsiyasi uchun 2-toifali medialoyihalarning ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratish masalasi ham kun tartibiga qoʻyildi. Boshqa bir qator masalalar boʻyicha Kengash aʼzolari oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12232
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar