Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Malayziyaning islom san’atiga oid nodir kolleksiyasi O‘zbekistonda namoyish etiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi Malayziya Islom san’ati muzeyi rahbariyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. 

Markaz matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu muzeyning noyob eksponatlarini namoyish etishga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Ko‘rgazmada mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq noyob islom madaniyati asarlari namoyish etiladi.