Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi hamda Rim shahridagi “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi tomonidan “Boburnoma” asarining italьyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o‘tkazilmoqda.
Tarjima mazkur nashriyot tarafidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyevning so‘zboshisi bilan ko‘p nusxada chop etilgan.
Florensiya shahridagi tarixiy “Palatsso Strotssi” qasrida tarixchi va sharqshunos olimlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirokida tashkil etilgan marosimda Boburning hayoti va ijodi, “Boburnoma” asarining mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirda italiyalik atoqli olim, professor Franko Kardini, “Palatsso Strotssi” majmuasi prezidenti, Italiya Senati a’zosi Rekardo Nenchini, “Sandro Teti Editore” nashriyoti rahbari Sandro Teti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar so‘zga chiqib, “Boburnoma”ning ushbu mamlakatda nashr etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy aloqalar rivojida muhim voqea bo‘lganini ta’kidladilar.





